Pandemiya O‘zbekiston biznesiga qanday ta’sir qildi - BMT izlanishi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishTeplichniy kompleks v Volgogradskoy oblasti
Teplichniy kompleks v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda pandemiya vaqtida korxonalarning 64 % o‘z biznes planlarini o‘zgartirmagan, 49 % - rivojlanishda davom etishiga umid bildirgan.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. BMT Taraqqiyot dasturining Iqtisodiy izlanishlar markazi O‘zbekistonda pandemiya va iqtisodi qo‘llab-quvvatlash choralari turli sohalarda faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta korxonalarga qanday ta’sir qilganini o‘rganib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha pandemiya sharoitida aksariyat korxonalar faoliyatini to‘xtatmagan. Xususan, so‘rovda ishtirok etgan biznes vakillarining 78 % - o‘z faoliyatini to‘xtatmaganini, 35 % -  mahsulotiga talab oldingi darjada saqlanib qolganini va faqatgina 24 % - talab kamayganini ma’lum qilishdi.

Eng katta zarar ko‘rgan sohalar bu turizm va mehmonxona biznesi hamda jamoat ovqatlanish sohasi va turli xizmatlar ko‘rsatish sohalari deb qayd etilgan. Shuningdek, xodimlarni ishdan bo‘shatish holatlari ham kam kuzatilgan. Bu borada masofaviy ishlash tartibiga o‘tkazishning iloji bo‘lmagan sohalar ko‘proq zarar ko‘rgan. Aksariyat hollarda 2-3 oydan so‘ng xodimlar o‘z hisobidan ta’tilga chiqarilgan. 

Eng kam zarar ko‘rgan sohalar esa: qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik sohalari deb topilgan. Ushbu yo‘nalishlarda maoshlar va ish o‘rinlari to‘liq saqlanib qolgan va hatto o‘sishi qayd etilgan.

Mujchina s portfelem v rukax  - Sputnik O‘zbekiston
Biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi

Shuningdek, davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora tadbirlar, iqtisodiy faoliyatning aksariyat ishtirokchilari tomonidan “Yetarlicha samarali choralar” deb baholanmoqda. Ayniqsa samarali bo‘lgan choralar orasida: foiz stavkalarining tushirilishi, davlat aktivlarining ijara narxi kamaytirilishi, QQS va aksiz soliqlarining kamaytirilishi va kichik biznes uchun ajratilgan grantlar sanab o‘tilgan.

Samarasi kamroq bo‘lgan choralar orasida esa: soliq va kredit kanikullari, bojlarni oshirish yo‘li bilan importdan himoya qilish va davlat kafolatlarining muddatini uzaytirish sanab o‘tilgan.

Shu bilan birga, izlanishda korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli choralar borasida ham respondentlar fikri o‘rganilgan. Unga ko‘ra, aksariyat tadbirkorlar soliq va to‘lovlar muddatini kechiktirish, soliq imtiyozlari, kreditlar bo‘yicha foizlar tushirilishi va to‘lovlar kechiktirilish – samararali choralar deb hisoblaydi.

Xususan, 42% respondentlar – soliq chegirmalari tarafdorlari – 42%, kreditlar bo‘yichafoizlarni kamaytirish tarafdorlari – 38 % hamda soliqlar to‘lov muddatini kechiktirish tarafdorlari -24 %ni tashkil qilgan.

Yakuniy xulosalarga ko‘ra, korxonalarning 64 % o‘z biznes planlarini o‘zgartirmagan. Shuningdek 49 % - korxonalar rivojlanishda davom etishiga umid bildirgan. Faqatgina 5-6 % tadbirkorlar yangi biznes turlarini o‘zlashtirish boshlaganini xabar qilgan. 

Yangiliklar lentasi
0