COVID-19 bemorlarini davolashda mutaxassis yetishmasligi yuzaga kelmayaptimi – Otabekov izohi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar ta’minotida tanqislik yuzaga kelmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda infeksionistlar, pediatrlar, reanimatologlar, pulmonologlar, rentgenologlar va boshqa mutaxasislar koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolash ishlariga jalb qilingan.

“Shu o‘rinda qisqa muddatli tayyorgarlikdan o‘tib, o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirib koronavirusni davolash ishlariga jalb qilinganlar ham bor. Shifokorlar ta’minotida tanqislik (bu faqat vaqtincha karantinda bo‘lish bilan bog‘liq) yuzaga kelmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayapti”, - dedi u.

Mirziyoyev: koronavirusga qarshi kurash uchun bizda zaxira va imkoniyatlar mavjud

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 6060 nafar bemorga shifokorlar belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rmoqda. Ulardan 60 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Tasdiqlangan koronavirus holati 14787 taga yetgan. 8655 kishi shu kasallikdan shifo topdi.

Yangiliklar lentasi
0