Iqtisodchilar dollar kuzda keskin arzonlashishini prognoz qilishdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri SShA.
Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Alfa-bank” tahlilchilari kuzda rubl qay darajagacha ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qilishdi. Avgust-sentabr oylarida Rossiya Moliya vazirligi bozorda Markaziy bank orqali xorijiy valyutani sotishni davom ettiradi.

TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. Uchinchi chorakda rublni kuchayishi potensiali kapital hisobning holatiga bog‘liq bo‘ladi, deb xabar qildi “Rossiyskaya gazeta” “Alfa-bank” tahlilchilari Natalya Orlova va Anna Kiyutsevskayaning ma’lumotiga asosan.

Iqtisodchilar ta’kidlashicha, rubl kelgusi oylarda mustahkamlanishi imkoniyatlari bor.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, dividend to‘lovlarining pasayishi tufayli rubl kursiga ta’sir xavfi pastroq bo‘ladi. Bundan tashqari, avgust-sentabr oylarida Rossiya Moliya vazirligi bozorda Markaziy bank orqali xorijiy valyutani sotishni davom ettiradi.

“Nihoyat, kapitalning kirib kelishining katta ehtimoli Rossiya qarz bozorida joylashtirishning o‘sishi bilan bog‘liq - Moliya vazirligining qarz olishga bo‘lgan ehtiyojining o‘sishi ko‘proq horijiy investorlarni jalb qilishi mumkin, ayniqsa ular (horijiy investorlar-tahr.) rivojlanayotgan bozorlarga o‘z munosabatini yaxshilasa, albatta”, - deydi tahlilchilar.

Iqtisodchilarning prognozlariga ko‘ra, uchinchi chorakda dollar 65 rublgacha tushishi mumkin. Shu bilan birga, 2020-yil oxiriga kelib, dollar 67 rublgacha ko‘tarilishi mumkin.

“Rossiyaga sarmoya kiritish uchun geosiyosiy xavf mukofoti 2020-yil noyabridan keyin (AQSh prezidentlik saylovlari o‘tkazilgandan keyin) oshishi mumkin. Bozorning sanksiyalar xavfi bo‘yicha joriy xavotiri, ushbu mavzuning yana bozorga qaytishi mumkinligining birinchi belgisidir”, - deb hisoblaydi tahlilchilar.

Yangiliklar lentasi
0