Tibbiy ma’lumotsiz oddiy ayol Bishkekda odamlarni o‘limdan qutqarmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAngel -vrach
Angel -vrach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sofiya-Aydana Murzayeva so‘nggi bir oy ichida bir nechta odamlar hayotini saqlab qoldi. U va boshqa ko‘ngillilar ko‘pincha oxirgi daqiqalarda ulgurib qolishmoqda. Ularning vazifasi - shifokorlar kelgunicha pnevmoniya bilan bemorlangan kishining vafot etishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Svetlana Fedotova

Sofiya-Aydananing kun tartibi oldindan rejalashtirilgan - u kun davomida Bishkekning bemor aholisiga kislorod konsentratorlarini yetkazib beradi. "Suhbatni keyinga qoldiraylik, iltimos? Men bir necha soat davomida bir odamni ajal domidan qaytardim, holdan toyganman ... Uni "Tez yordam" olib ketdi, u tirik. Biz yordam berishga ulgurdik..."

Vrach v bolnitse Sani, Yemen - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda vafot etgan shifokorlar xotirasiga tibbiy "o‘lmas polk" o‘tkazildi

Volontor bilan material tayyorlash oson kechmadi. Ushbu suhbat o‘rtacha og‘irlikdagi pnevmoniya bilan og‘rigan bemorga kislorod dozasi berilayotganda, Sofiya-Aydanada yarim soat bo‘sh vaqt paydo bo‘lganida yozib olindi.

- O‘zingiz haqingizda gapiring.

- Men bishkeklik oddiy ayolman, karantingacha restoranda ishlaganman. Pandemiya tufayli xodimlar majburiy ta’tilga chiqarildi.

Volontorlik bilan 19 yoshimdan beri shug‘ullanaman. Bolalar uylari, qariyalar uylariga yordam berganman. Bu oson kechmagan, ammo ish jarayonida sizni o‘rab oladigan tuyg‘ular shunga arziydi. Bir safar bolalar uyidagi bir qizaloq kelib: "Rahmat. Men katta bo‘lganimda siz kabi bo‘lishni va hammaga yordam berishni xohlayman", dedi. Bu bebaho - hayot behuda o‘tmayotganini tushunasan, kishi.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ning ikkinchi to‘lqini qachon ro‘y beradi - shifokor izohi

Qariyalar uylarida sharoit murakkabroq: ilgari talabgir bo‘lgan xodim, mehribon bo‘lgan ota-onalar endi hech kimga kerak emas. Ular hayotining so‘ngi yillarini yolg‘izlik, qayg‘u va xiralikka limmo-lim joyda o‘tkazmoqdalar.

- Endilikda siz, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmay turib, insonlar hayotini saqlab qolyapsiz...

- Men ishga kirgan Tashabbuskor yoshlar markazi bir necha haftadirki kislorod konsentratorlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda. Biz yetib borib, odamni apparatga ulab, unga nafas olish imkoniyatini beramiz. Pnevmoniya juda tez rivojlanadi, shu sabali tananing kislorod bilan to‘yinishi qiyinlashadi. Konsentrator tanqislikni to‘ldirishga yordam beradi.

Haftada yetti kun, kuniga 24 soat biz jamoamiz bilan shahar aylanib, bemorlarni konsentratorga ulaymiz. Bu vaqt davomida biz ular yonida bo‘lamiz. Ko‘pincha dahshatli manzaraga guvoh bo‘lamiz: kelishimizga bemor salkam komatoz holatda bo‘ladi. Apparatni ulaymiz, agar u yetmasa, ikkinchisini ulaymiz. Bizning maqsadimiz - shifokorlar kelguniga qadar inson umrini uzaytirish. Afsus, shifokorlar bemorni kasalxonaga yotqizishga ulgurmagan holatlar ham bo‘lgan.

Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi

- Kislorod konsentratori kimga kerak va yordam keragida sizlarni qanday topsa bo‘ladi?

- Yoshlarga saturatsiya (to‘yinganlik-tahr.) 90 dan past bo‘lsa, konsentrator kerak bo‘ladi. Yoshi kattalarga to‘yinganlik 91 atrofida bo‘lsa, kerak. Biz ijtimoiy tarmoqlarda faolmiz, istalgan volontorlarimizga yozib, murojaat qilish mumkin.

Yordamga muhtoj bo‘lganlardan iltimosimiz: bizga WhatsApp orqali yozing. Ba’zida qo‘ng‘iroqlarga javob berishga vaqt topolmay qolamiz. Xabarda manzil, aloqa raqami, saturatsiya va tashxis bo‘lishi kerak. Shaxsan menga +996(0500)76-10-79 raqami orqali yozish mumkin. Menda yoki boshqa ko‘ngillilarimizda vaqt bo‘lishi bilan, biz albatta, tezda yetib boramiz.

Biz bilan bog‘lanishdan va yordam so‘rashdan qo‘rqmang. Biz yordam bergan ko‘plab odamlar allaqachon o‘zlarini ancha yaxshi his qilishmoqda. Biz xizmatlarimiz uchun pul olmaymiz va umuman hech narsa so‘ramaymiz.

- Twitter-da siz juda ta’sirli video joylashtirdingiz, unda bir ayol qo‘lingizda qanday jon berganligi haqida hikoya qildingiz... Bunday holat tez-tez sodir bo‘ladimi?

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 bilan kurashayotgan shifokorlarga qariyb 20 mlrd so‘m o‘z vaqtida to‘lanmadi

- Bir necha hafta davomida biz mingga yaqin fuqarolarga yordam berdik. Afsuski, yordamga muhtojlarning barchasini qamrab ololganimizcha yo‘q. Aql bovar qilmas rejimda ishlayapmiz: yetib boramiz, bemorni apparatga ulaymiz, bir yarim-ikki soat kutamiz va keyin boshqa bemor oldiga yo‘l olamiz.

Siz aytgan voqea bir umr xotiramda qoldi. Bemorni "Gansi" statsionaridan chiqarishgan. Shifokorlar unga hech narsa yordam bermasligini aytib, o‘z uyida o‘lishga ruxsat berishgan. Qarindoshlari ko‘zlarida yosh bilan yordam so‘rashdi. Biz barchamiz ayol yaqin bir necha soat ichida vafot etishini bilardik, lekin farzandlari u bilan xayrlashish uchun vaqtni biroz cho‘zishni xohlashgan edi.

Bemor bilan o‘tkazgan ikki soat davomida qarindoshlari kelib, u bilan so‘nggi marotaba diydorlashdilar. Cheksiz sevgan insoningiz yaqin vaqt ichida dunyodan ko‘z yumishini tushunish juda og‘ir... Buni bemorning o‘zi ham tushunar edi. Men uning yonida bo‘ldim, qo‘lidan tutib turdim. Hatto kislorod konsentratori bilan ham u juda qiynalib nafas olardi.

Dostoyno vstretili medikov okazavshix pomosh Tadjikistanu  - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashgan shifokorlar uyga qaytdi

Hayotining so‘nggi daqiqalarida u menga qaradi. Keyin ko‘zlarini yumdi-da, vafot etdi. Men chidolmadim - xo‘ngrab yig‘ladim... Bu haqda hech kimga aytmaslikning ilojini topolmadim va ijtimoiy tarmoqda post yozdim. Har bir inson ushbu dahshatli kasallikka chalingan odamlar nimalarni boshdan kechirishlarini bilishi kerak. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasligi uchun bilishi kerak.

- Kislorod konsentratorlari uchun pulni qayerdan topdingiz?

- Mamlakatimizda epidemiya endigina kuchayishni boshlaganida xayriya jamg‘armasi Tashabbuskor yoshlar markaziga uchta apparat ajratdi. Biz ular qanday ishlashini o‘rgandik va vazifani bajarishga kirishdik.

Nima bilan shug‘ullanayotganimizdan xabar topgan mutlaqo notanish insonlar bizga yordam berishdi - ikkita konsentrator taqdim etishdi. Rostini aytsam, shokka tushdim. Haligacha bu odamlar kimligini bilmayman, lekin agar ular ushbu intervyuni o‘qiyotgan bo‘lsalar, ular bilishsinki,  butun jamoamiz bilan ulardan minnatdormiz.

Lechenie bolnix s COVID-19 v SKB RJD-Meditsina - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni boshdan kechirgan tojikistonlik shifokor qanday davolangani haqida so‘zlab berdi

Biz biz ega bo‘lgan uskunalar ham yetarli emasligini tushunardik. Pul yig‘ishga kirishdik, aytishadiku, toma-toma ko‘l bo‘lur, deb.  Bunda ham chetda bee’tibor qarab turmagan fuqarolarimiz topildi. Biz qo‘shimcha apparatlar sotib oldik – ular soni 12taga yetdi. Oxirgi safar konsentratorlarni olayotganimizda, ko‘ngillilarimiz nima bilan shug‘ullanayotganini bilgan sotuvchi qo‘shimcha bitta apparat hadya qildi.

Biz vaziyatning eng yomoniga tayyorgarlik ko‘rapmiz. Epidemiologlarning taxmin qilishicha, keyingi bir necha haftada haqiqiy do‘zax boshlanishi mumkin. Biz dori-darmon, apparatlar uchun, shifokor va kasalxonalar uchun zarur bo‘lgan narsalarga pul yig‘apmiz.

- Pnevmoniyaga chalingan odamlarga yordam berayotganingiz haqidagi xabarga ota-onangiz qanday munosabat bildirishdi? Axir, bu siz bilan yashaydigan yaqinlaringiz uchun xavfli bo‘lishi mumkin...

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
SSV Samarqandda 34 kishiga virus yuqtirgani uchun jinoiy ish ochilgan shifokorni himoyasiga oldi

- Ota-onam Rossiyada istiqomat qiladi, nima bilan shug‘ullanayotganimni hali bilishmaydi. Bir necha hafta davomida video-aloqa orqali gaplasha olmaganimizni hisobga olsak, buni yashirish oson emas. Ularga telefonim buzilganiniva hozircha faqat qo‘ng‘iroq qilishim mumkinligini aytdim. Intervyu chop etilganidan keyin qarindosh yoki tanishlardan birontasi ota-onamga hammasini aytib berishi mumkinligini tushunaman. Qolaversa, 24-yil ichida hali bo‘lmagan to‘s-to‘polon kutayotganini ham sezapman.

Bishkekda yashaydigan aka-uka va opa-singillarim mening qarorimni to‘g‘ri qabul qilishdi. Ko‘ngillilarning yaqinlarini yuqishi ehtimolini istisno qilish uchun biz markazdan ijaraga biron bir kvartirani qidirdik. Ungacha biz mashinada tunab, ofisda yuvinardik. Biz doim ShHVda bo‘lganimiz vaziyatni yanada qiyinlashtirdi. Jaziramada himoya kostumida deyarli bir sutka yurish – juda yoqimsiz. Ijara uy hech bo‘lmasa yuvinishimiz va dam ovolishimiz uchun kerak edi. Notanish odam bizga shahar markazidagi kvartirani bepul berdi. Hayot osonlashdi - bizda dush paydo bo‘ldi.

Polevoy gospital v Sentralnom parke Nyu-Yorka - Sputnik O‘zbekiston
“Buning uchun kim to‘laydi”: shifokor bemorning juda ta’sirli so‘zlari bilan bo‘lishdi

Bu vaqt davomida juda qattiq ishladik, sutkalab shahar bo‘ylab yurdik, chunki ko‘pchilik bemorlar kislorod konsentratorini olisholmas edi. Bugungi kunda ularning narxi 1500 dollargacha oshib ketdi, olti oy oldin ular narxi ikki baravar arzon edi. Bir odam qullarimda o‘lishiga oz qoldi, uni zo‘rg‘a o‘ziga keltirib oldik. O‘sha kuni, men deyarli ko‘z yummadim - juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Bemor hushiga kelgach, o‘zim hushdan ketdim. Shunda bolalar bilan o‘zimizni ham o‘ylashimiz kerakligini angladik. Navbatchiligimiz 12 soatdan oshmasligi kerak, degan qarorga keldik. Hozircha bu qoidaga amal qilish qiyinroq kechmoqda: talab juda ko‘p, ko‘ngillilar esa yetarli emas.

- Sizga va boshqa ko‘ngillilarga qanday yordam berish mumkin?

 Meditsinskie rabotniki v mejdunarodnom aeroportu Uxan-Tanxe, Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalinganlar qanday o‘ladi — qirg‘izistonlik shifokor bilan intervyu

- Yuqorida aytganimdek, biz eng yomoniga tayyorgarlik ko‘rapmiz. Hozirda apparatlar va dori-darmonlarga faol ravishda pul yig‘apmiz. Viloyatlarda pandemiya tobora kuchaymoqda, hamma joyda ulgurishga harakat qilyapmiz. Bir necha kun oldin Botken va Jeti-O‘g‘uzga dori-darmonlar yubordik.

Agar sizda ko‘ngillilar safiga qo‘shilish niyati bo‘lsa, shuni istasangiz, menga yoki xodimlarimizdan biriga yozishingiz mumkin. Pul masalasi juda dolzarb, konsentratorlar va dori-darmon sotib olish kerak. Rekvizitlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda bor, sarflangan mablag‘lar haqida ham muntazam hisobot berib boramiz. Bizga yordam berib bo‘lganlarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Odamlar haydovchilarimizga benzin quyib berishadi, biron yegulik olib kelishadi. Masalan, mana hozir kiyib yurgan forma va respirator ham ko‘ngillilarga yordam berishga qaror qilgan kishi tomonidan yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0