Dunyoda

Turkmanistonda koronavirus bormi? JSST missiyasining safari yakunlandi

© Sputnik / StringerFlag Turkmenistana
Flag Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti missiyasi Turkmaniston boʻylab 10 kunlik safari yakuniga bagʻishlangan brifingda mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangani haqida maʼlum qilmadi.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) missiyasi rahbari Katarina Smolvud missiyaning Turkmaniston boʻylab 10 kunlik safari yakuniga bagʻishlangan brifingda mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangani haqida maʼlum qilmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Bugungi kunda Turkmaniston mamlakatda biror bir tasdiqlangan koronavirus bilan kasallanish holati haqida xabar qilmadi. Bu haqda JSSTga maʼlum qilmagan”, - dedi u.

Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
JSST: koʻp davlatlar COVID ga qarshi kurashda notoʻgʻri yoʻldan ketishmoqda

Shuningdek, u JSST bundan keyin ham Turkmaniston milliy sogʻliqni saqlash organlari ishlashda davom etish niyatida ekanini taʼkidlagan.

Shu bilan birga, JSST missiyasi rahbari Turkmaniston hukumatiga infektsiyaning mamlakatga kirib kelishining oldini olish va uning aholi orasida tarqalib ketmasligiga qaratilgan saʼy-harakatlarni davom ettirishni tavsiya qilgan.

Katarina Smolvud mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralarni maʼqullagan.

Shu kunlarda Turkmanistonda koronavirus yoʻqligi haqidagi xabarlariga qaramasdan mamlakatda niqob taqib yurish majburiy qilindi, bozorlar va savdo markazlari vaqtincha yopildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq JSST missiyasi Turkmanistonga safarini boshlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala