Vahimaga o‘rin yo‘q, muhimi bizda kollektiv immunitet paydo bo‘lmoqda - epidemiolog

© Foto : Iz lichnogo arxiva Gofirdjona TadjibayevaVrach-epidemiolog Sentra chumi, karantina, zashiti ot osobo opasnix i infeksionnix zabolevaniy Respubliki Uzbekistan, kandidat meditsinskix nauk Gofirdjon Tadjibayev
Vrach-epidemiolog Sentra chumi, karantina, zashiti ot osobo opasnix i infeksionnix zabolevaniy Respubliki Uzbekistan, kandidat meditsinskix nauk Gofirdjon Tadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Epidemiolog-shifokor koronavirus tarqalishining oldini olish, kollektiv immunitet va ekspress-testlar haqida gapirdi.

O‘lat, karantin, o‘ta xavfli va yuqumli kasalliklar muhofaza markazi epidemiolog-shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach G‘ofirjon Tojiboyev Sputnik O‘zbekiston muxbiri Dilshoda Raxmatova bilan suhbatda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Kecha prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi, ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi vaziyat tanqid qilindi. Siz epidemiolog sifatida bu haqda qanday fikrdasiz?

- Prezident to‘g‘ri gapirdilar. Toshkent shahri va Toshkent viloyati bir biriga juda bog‘liq. Ushbu hududlar orasida migratsion harakat juda faol, qolaversa, aholi ham juda zich joylashgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev SSV rahbari va Toshkent shahar hokimiga hayfsan e’lon qildi

Fikrimcha, kasallikni oldini olishda epidemiologik surishtiruvga ko‘proq e’tibor berish lozim. Ya’ni kasallik qaysi oilada qayd etildi, bemor qayerda ishlaydi, kasallikning inkubatsion davrida qayerlarga bordi, kimlar bilan muloqotda bo‘ldi va boshqa ma’lumotlar. Undan tashqari, turli yoshlardagi kasallarning ahvoli, simptomli yoki simptomsiz kechayotgani – bularni hammasi epidemiologik surishtiriv natijasida aniqlanadi.

O‘zbekistonda virus muloqot, maishiy yo‘l va havo tomchi yo‘li orqali yuqmoqda. Shuni uchun biz aholi ko‘p yig‘iladigan joylarga, masalan, bozorlar, yirik korxonalarga e’tibor qaratishimiz kerak.

Dezinfeksiya amaliyotlarini ko‘chalarda emas, aynan mana shunday nuqtalarda kuchaytirish lozim. U jamoat joyi, davlat yoki xususiy tashkilot bo‘lishidan qat’iy nazar. Asosiy e’tiborni uyushgan jamoalar ichiga qaratishimiz kerak.

Mana shu narsalarga ko‘proq e’tibor qaratilsa, prezidentimizning ishonchini oqlashimiz mumkin.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: koronavirusga qarshi kurash uchun bizda zaxira va imkoniyatlar mavjud

Shu bilan bir vaqtda, o‘tgan davr mobaynida Toshkentda juda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda - karantin muassasalari barpo etildi. Gospitallar, provizor gospitallar (kasallik hali tasdiqlanmagan bemorlar uchun), izolyator tashkil qilindi, chegara nazorati kuchaytirildi.   

Ayniqsa, uzoq masofaga qatnaydigan haydovchilar orasida kasallik aniqlanishi holati yuqori edi. Hozir esa chegarada ulardan namuna olinmoqda va uning natijasiga qarab kirishga ruxsat berilmoqda. Kasallik aniqlangan xorijay haydovchilarga kirishga ruxsat berilmayapti. Agar haydovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa, unga kirishga ruxsat berib, tegishli tartibda davolash muassasasiga joylashtirilmoqda.

- Ko‘p ishlar qilindi, lekin kasallik jilovi qo‘lgan olindimi? Nega hozir yana kasallar soni ko‘paymoqda, karantin choralari kuchaytirilmoqda? Balki strategiya noto‘g‘ri bo‘lgandir?

- Birinchidan, biz boshida haqiqatdan kasallik jilovini qo‘lga oldik. Lekin tibbiyotda bir tushuncha bor - "kollektiv immunitet" deyiladi. Ya’ni jamoa orasida aynan shu kasallikka nisbatan kurashish xususiyatining yuqori bo‘lishi.

Ana shu kollektiv immunitetga erishish yo‘llaridan biri – bu infeksion agent bilan sog‘lom odamning duch kelishi. Ana shunday holda o‘sha odamda kollektiv immunitet, ya’ni o‘sha virusga qarshi kurashish xususiyati paydo bo‘ladi.

Yoz boshida karantin choralarining susaytirilishini ham to‘g‘ri tushunish kerak.

Infeksiya kuz yoki qish oylarida yanada kuchliroq bo‘lib qaytishi mumkin. O‘sha paytda organizm uni shakllangan immunitet bilan qarshi oladi. Yoz oylarida esa bu narsa osonroq kechadi. Shuni uchun kuz va qishgacha biz o‘z immunitetimizni shakllantirib olishimiz kerak.

Bizda hozir 70-80 % holatlarda kasallik yengil yoki simptomsiz kechmoqda. Bu – aholi orasida ushbu infeksiyaga qarshi tabiiy kollektiv immunitet paydo bo‘layotganidan darak beradi. Bu yaxshi alomat. Kelajakda mana shu odamlar kasallikning rivojlanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Laborant smotrit v mikroskop vo vremya demonstratsii pervogo v mire jivogo serdsa, napechatannogo na 3D-printere, Tel-Aviv, Izrail - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar COVIDga immunitet borasida hayratlanarli xulosaga kelishdi

Vaksina bo‘lganida edi, biz boshqacha yo‘l tutgan bo‘lardik. Ushbu infeksion agentni baribir inson organizmiga jo‘natar edik va organizmda sun’iy immunitet paydo bo‘lardi.

Tabiiy immunitet orttirish tufayli bugun kasallanganlar soni biroz o‘sishini ko‘rayapmiz. Bu kutilgan holat edi, lekin ertangi kunda bu o‘zining ijobiy natijasini beradi. Bugun kuniga kunora aniqlanayotgan 400-500 kasallarning aksariyati yengil yoki simptomsiz o‘tayotgan holatlardir. Orttirilgan immunitet esa ertangi kunda bizga albatta kerak bo‘ladi.  

- Sizningcha, bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora tadbirlar samaradorligini qanday oshirsa bo‘ladi?

- Bilasiz, hozir shifokorlarga juda katta bosim bo‘layapti, gospital va izolyatorlar, PZR laboratoriyalar tunu kun juda katta bosim ostida ishlayapti.

Mening fikrimcha, Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagi holatlarga e’tibor berishi kerak.

Sotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Ekspress-testlar O‘zbekistonda bir kunda 76 ta COVID-19 holatini aniqlashga imkon berdi

Bugungi kunda Toshkentda ham, viloyatlarda ham polimeraz zanjirli reaksiya uslubida tashxis qo‘yishga juda ko‘p e’tibor berilmoqda, laboratoriyalar juda katta bosim ostida ishlamoqda. Biz ushbu bosimni imkon qadar kamaytirishimiz kerak.

Buning iloji bor. Bugungi kunda JSST tomonidan tavsiya etilgan 150 dan ziyod ekspress-testlar mavjud. Ayrim Yevropa davlatlarida ular qo‘llanilmoqda.

Ekspress-testlarni ikki xil yo‘l bilan ishlatish mumkin. Birinchisi, virus tushgan paytida 20-30 daqiqa ichida organizmda virus bor yo‘qligini aniqlash uchun. Ikkinchisi, organizmda virusga qarshi immunitet bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun. Mana shu testlar yordamida biz 20 – 30 daqiqa ichida organizmda virus yoki immunitet borligini bilib olishimiz mumkin.

Ekspress-testlar yordamida biz hozir laboratoriyalarda ijobiy natija chiqayotgan bemorlarni saralab olgan bo‘lardik. Kimda kasallik, kimda immunitet borligini aniqlashtirgan bo‘lardik.

Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Xitoydan O‘zbekistonga virusni aniqlaydigan 200 mingta test-tizimi olib kelindi

Ikkinchidan, biz hamma analizlarni PZRga jo‘natishimiz kerak emas. Masalan, ekspress testdan ijobiy natija chiqqan 100 bemorni rentgen yoki flyurografiga jo‘natishimiz kerak. U yerda yangi virus aniqlanganlar maksimum 50-60 ta chiqadi. Qolgani kasallik o‘tib bo‘lgan, organizmda immuniteti paydo bo‘lgan bemorlar ro‘yxatiga o‘tadi.  

Qolgan 50 bemorda flyurografiya o‘pkada qanaqa jarayon ketayotganini belgilab beradi.Bu yerda ham o‘pkasida hech qanday patologik jarayon bo‘lmagan, organizm normal holatda bo‘lgan bemorlar ham 30 tani tashkil qiladi. Qolganlarda koronavirus bor deb aytsa bo‘ladi. Klinik jarayonlar flyurografiyada o‘zi yaqqol ma’lum bo‘ladi.

Yana bir ekspress uslub – bu IFA metodi deyiladi, ya’ni qon immunoferment analizi. Bilsangiz, tug‘ruqxonalarga kirishda kichik bir planshetga qonni tomizib, OITS bor-yo‘qligini tezda aniqlash mumkin. Xuddi shunaqa ekspress-test koronavirusniki ham bor. Shuni ham O‘zbekistonga olib kelsa yaxshi bo‘lardi.

Bu ham arzon, ham tezkor uslub, albatta, bu 100% aniq natija bermaydi, lekin agar ekspress testda "virus bor"ligi aniqlansa, keyin PZRga tahlil olsa bo‘ladi.

Natijada, bizda PZR apparatura bilan ishlaydiganlar soni avtomatik ravishda pasayadi. Bu shaxsiy fikrim, albatta. Bizda hozir ushbu ekspress metodlarning birortasi ham ishlamayapti.

Yuqorida qayd etilgan ekspress testlarni xususiy va davlat poliklinikalarida olishni yo‘lga qo‘ysak ham yomon bo‘lmaydi, menimcha.

Aholi immunitetini oshirish

Yana bir taklifim: O‘zbekistonda aholi immunitetini mustahkamlashda biologik faol qo‘shimchalardan foydalanish. Ularning turli xillari bor. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotganlari ham bor.

Yevropada ushbu uslubdan yaxshi foydalanishadi. Bizlarda ham ushbu tajriba tatbiq etilsa, bu organizmda modda almashinuv jarayonini faollashtirishda, immunitetni kuchaytirishda yaxshi natija beradi.

Tashqi muhitda virus fonni o‘rganish kerak

Keyin bizlarda yana bir tadbirni o‘tkazish kerak. Bilasizmi, nima sababdan Rossiyada niqob bekor qilindi? Ularda tashqi muhitda virus foni o‘rganildi. Masalan, oziq-ovqatda, atrofdagi buyumlarda.

Passajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 13-iyuldan niqob rejimi bekor qilinmoqda

Mikrobiologiya instituti o‘rganish natijasida tashqi muhitda virus miqdori kamayganini aniqlagan. Nolga tushmagan lekin kamaygan. Shu sababli ham ertangi fon bizda yaxshi bo‘ladi, niqobni yechish mumkin, degan qarorga kelgan.

Biz ham tashqi muhitdagi virus sonini ilmiy jihatdan o‘rganishimiz kerak. Qurilishlarda, bolalar oromgohlarida, uylarda, umuman, hamma joyda o‘rganib, mana shu joylarda niqobni yechish mumkin, degan xulosa berishimiz mumkin.

- Lekin hozir kasallar soni oshayapti, odamlarni vahima bosayapti. Bunga asos bormi?

- Yana takror aytaman, kasallar soni vaqtincha oshishi bu kutilgan holat edi. Chunki shunday yo‘l bilan kollektiv immunitetni oshirdik. Kelajakda, bu albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi.

Aholiga to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak. O‘rtoqlar, mana shu narsa kollektiv immunitetini shakllantirishga yordam beradi. Vahimaga o‘rin yo‘q. Biz hamma joyni doimo steril holatda ushlab tura olmaymiz. Infeksiya baribir o‘z ishini qiladi.

Kasallikning ikkinchi, uchinchi to‘lqini bor deyishadi. Biz kuz, qish oylarigacha o‘z immunitetimizni shakllantirib olishimiz kerak.

Yangiliklar lentasi
0