Podmoskovyeda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni kamaydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vo vremya provedeniya reyda FMS v Moskve
Inostrannie rabochie vo vremya provedeniya reyda FMS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV Moskva viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri Podmoskovyeda chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 4,7% ga kamaydi.

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Podmoskovyeda migrantlar tomonidan olti oy ichida sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 %ga, ma’muriy huquqbuzarliklar esa 54,6 %ga kamaydi, deb xabar beradi Moskva viloyati mintaqaviy xavfsizlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi

"Rossiya IIV Moskva viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri Moskva viloyatida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga, ma’muriy huquqbuzarliklar soni esa 54,6 foizga kamaydi”, - deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, mintaqada olti oy ichida xorijiy fuqarolar 2 807 ta jinoyatni sodir etgan, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan 190 ta jinoyatga oz, shuningdek, 17342 ta ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14365 taga kamdir.

Qotilliklar soni 61,3% ga, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi - 18,7% ga, bosqinchilik - 17% ga, talonchilik - 8,2% ga, o‘g‘rilik - 0,1% ga kamaygan.

"2020 yilda muhojirlar o‘rtasida ma’muriy huquqbuzarliklar sonining kamayishi koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish uchun qabul qilingan cheklovchi choralar, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlarining ishini tashkil qilinganligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Moskva viloyatida chet el fuqarolarining ixcham yashash joylari ustidan nazorat tashkil etilgan", - dedi viloyat hukumati raisining o‘rinbosari, Moskva viloyati Mintaqaviy xavfsizlik bosh boshqarmasi rahbari Roman Karatayev.

Yangiliklar lentasi
0