Qarzni bermaslik uchun urib o‘ldirdi: Jizzaxdagi qotillik tafsilotlari

© Sputnik / StringerOkazanie pervoy pomoshi
Okazanie pervoy pomoshi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 12-iyul kuni Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga bir fuqaro murojaat qilib, akasi 1964-yil tug‘ilgan M.B. yo‘qolib qolganligini aytgan.

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida istiqomat qilgan 1987-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U pulni qaytarmaslik maqsadida qarz olib turgan tanishini o‘ldirib, chuqurga ko‘mib yuborganlikda ayblanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV xabar bermoqda.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yosh erkak o‘ldirildi va jasadi "Zarafshon"ga oqizildi

Gumondor olgan qarz miqdori ma’lum emas.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 12-iyul kuni Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 1982-yil tug‘ilgan M.Sh. murojaat qilib, akasi 1964-yil tug‘ilgan M.B. yo‘qolib qolganligini aytgan.

Fuqaro M.B. maktabgacha ta’lim tashkiloti sport to‘garagi tarbiyachisi bo‘lib ishlab kelgan. U joriy yilning 8-iyul kuni soat 02:00 lar atrofida mahallasi hududida sport bilan shug‘ullanish uchun yugurishga chiqib, izsiz yo‘qolgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan boshlab yuborilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida Sharof Rashidov tumanida istiqomat qilgan T.A.ning fuqaro M.B.ni bosh va ensa sohasiga qattiq to‘mtoq jism bilan urib, mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi ro‘parasidagi chuqurga ko‘mib yuborgani aniqlandi.

Fuqaro T.A. marhum M.B.dan qarzdor bo‘lgan va pullarni qaytarmaslik uchun mazkur qotillikka qo‘l urgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0