Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi haqida: vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu kurashda davlat va xususiy tibbiyot tizimi, barcha idoralarning doimo safarbar holatda bo‘lishi va samarali ishlashi, shifokorlarning fidoyiligi, xalqimizning ongliligi bizning asosiy qurolimiz bo‘lishi shart, – dedi O‘zbekiston prezidenti

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishi davomida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga alohida to‘xtalib, vaziyat hamon jiddiyligicha qolayotganini, shu bois hech qaysi hudud rahbari "bizda ahvol yaxshi", deb, xotirjamlikka berilishga haqqi yo‘qligini qat’iy ta’kidladi.

17 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 15,6 mingdan oshgan, shundan 9 mingdan ortiq kishi sog‘aygan. Virus tufayli qariyb 80 nafar fuqaro vafot etgan.

"Vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Shuning uchun hech qaysi hudud rahbari bizda ahvol yaxshi, deb, xotirjamlikka berilishga haqqi yo‘q. Hamma joyda kamchiliklar bor. Eng asosiy vazifa – ularni vaqtida aniqlab, xolis baho berib, tezda tugatish chorasini ko‘rishdan iborat. Bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan. Agar biz bu xatarga beparvo, beg‘am bo‘lsak, minglab odamlarning sog‘lig‘i va taqdirini xavf ostiga qo‘yamiz, vaziyatimiz yanayam og‘irlashadi. Eng qo‘rqinchlisi, o‘lim soni keskin ko‘payadi", - deb qayd etgan Mirziyoyev.

Vrach-epidemiolog Sentra chumi, karantina, zashiti ot osobo opasnix i infeksionnix zabolevaniy Respubliki Uzbekistan, kandidat meditsinskix nauk Gofirdjon Tadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
Vahimaga o‘rin yo‘q, muhimi bizda kollektiv immunitet paydo bo‘lmoqda - epidemiolog

Davlat rahbari pandemiyaga qarshi kurash strategiyasi haqida gapirar ekan, eng kuchli, eng ta’sirchan vositalarni ishga solish zarurligini ta’kidladi.

"Bu kurashda davlat va xususiy tibbiyot tizimi, barcha idoralarning doimo safarbar holatda bo‘lishi va samarali ishlashi, shifokorlarning fidoyiligi, xalqimizning ongliligi bizning asosiy qurolimiz bo‘lishi shart. Faqat tezkor va muntazam safarbarlik, temir intizom, tibbiy madaniyat, yuksak onglilik bilangina biz bu ofatga qarshi kurasha olamiz", - dedi Mirziyoyev.

Bu borada eng katta mas’uliyat hokimlar va sektorlar rahbarlari zimmasida ekani yana bir bor eslatib o‘tildi.

Buning uchun ularda o‘z hududlaridagi mavjud vaziyat haqida to‘liq va haqqoniy ma’lumotlar bo‘lishi, ular har kuni, har soatda yangilanib borishi kerakligi ta’kidlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev SSV rahbari va Toshkent shahar hokimiga hayfsan e’lon qildi

Prezident videoselektor yig‘ilishida yana bir bor xalqqa murojaat qildi.

"Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zimiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari bo‘lgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy mas’uliyati haqidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak. Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa. Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Va biz bu sinovdan, albatta, munosib o‘tamiz, – deya ta’kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiyaga qarshi kurash borasidagi ishlar qattiq tanqid qilinib, aniq vazifalar belgilangan edi. Prezident matbuot-xizmatining xabar berishicha, ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar bo‘yicha Toshkent shahri hokimi, Bosh prokuror va boshqa mutasaddi rahbarlar hisobot bergan.

Yangiliklar lentasi
0