Nega markaziy osiyoliklar terrorchilar hamtovoqlariga aylanadi - Popov sharhi

© SputnikChlen assotsiatsii gruppi antiterrora "Alfa" podpolkovnik zapasa Andrey Popov
Chlen assotsiatsii gruppi antiterrora Alfa podpolkovnik zapasa Andrey Popov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Alfa" aksilterror uyushmasi a’zosi, zaxiradagi podpolkovnik Andrey Popov terroristik tashkilotlar qanday qilib o‘zlariga tarafdorlar jalb qilishi haqida gapirdi

Kuni kecha Rossiya FXX odam gavjum joyda terakt sodir etishni rejalashtirgan 32 yashar markaziy osiyo mintaqasi vakilini qo‘lga olgan edi. Erkakning yonidan yonuvchi aralashma, sovuq qurol va xalqaro terrorchilik tashkiloti bayrog‘i topilgan. Shuningdek, telefonidan uning qasamodi aks etgan videoyozuv va amalga oshirilishi rejalashtirilgan terakt muhokamasi topilgan.

Sotrudniki FSB - Sputnik O‘zbekiston
FXX Rostov viloyatida "ID" yacheykasi tomonidan tayyorlanayotgan teraktlarni oldini oldi

"Alfa" aksilterror uyushmasi a’zosi, zaxiradagi podpolkovnik Andrey Popov Sputnik radiosi efirida Markaziy Osiyo davlatlaridan bo‘lgan migrantning navbatdagi qo‘lga olinishi uning millatiga bog‘liq emas, deya ta’kidladi.

Terrorchilik millatga va dinga ega emas, deb qo‘shimcha qildi ekspert.

Zaxiradagi podpolkovnik, nega aksariyat hollarda Markaziy Osiyo fuqarolari terrorchilik faoliyatiga aloqador bo‘lib chiqishlarini tushuntirdi.

"Ushbu regionlardagi og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli, odamlar shunday yo‘lni tanlashga majbur bo‘ladilar. Men hech kimni oqlamayapman. Shunday odamlar borki, hech qanday sharoitda bunga qo‘l urmaydilar", - deya tushuntirdi Popov.

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda terrorchilik guruhi 25 a’zosining faoliyatiga nuqta qo‘yildi

"Alfa" aksilterror guruhi uyushmasi a’zosiga ko‘ra, terrorchilar hamtovoqlari hamisha ham bunday hayotga moliyaviy rag‘bat uchun kirib kelavermasliklarini ta’kidladi: ba’zan jangarilar ularning oila a’zolarini garovga olishadi.

Shuningdek, mintaqadagi jo‘g‘rofiy yaqinlik, dinga asoslangan, ammo islomning asl mazmunini buzib ko‘rsatadigan mafkurani tarqatishga yaqinlik ham vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi, deb qo‘shimcha qildi Popov.

O‘z tomoniga odamlarni og‘dirish uchun yollovchilar bo‘sh, o‘qimagan onglarni tanlaydilar, dedi ekspert.

Bugungi kunda terrorchilik uyushmalari faoliyati - bu biznes, OAVlardagi har qanday shov-shuvli yodga olishlar esa, ularga, xuddi har qanday brendga singari, auditoriya ko‘lamini ko‘paytirishda yordam beradi, deya xotima qildi Popov.

Yangiliklar lentasi
0