O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 16 mingdan oshdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane
Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bemorlar soni 172taga ortdi va — 16 068 nafarga yetdi. Vafot etganlar 81 nafarni tashkil qilmoqda

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. O‘zbekistonning beshta hududida koronavirusga chalinganlik holatlari aniqlandi.

Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Korona-strategiya: Toshkent hokimi prezident tanqidiga qanday javob qaytardi?

Kasallar soni 172taga ortdi va Jami bemorlar — 16 068 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining 60 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 87 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafardan Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qurbonlar soni 81 nafarga yetdi. 81 qurbon Toshkentlik 49 yoshli erkakdir.

Unda 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

17 iyul kuni reanimatsion choralarga qaramasdan, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0