“Paxtakor” klubining 5 futbolchisida koronavirus aniqlangani rasman tasdiqlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishFutbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii
Futbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asosiy jamoaning 5 nafar futbolchisining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan. Hozir ular davolanishmoqda.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. “Paxtakor” futbol klubi o‘yinchilarida koronavirus aniqlangani bo‘yicha ma’lumot berildi.

Klubning telegramdagi kanalida bildirilishicha, asosiy jamoaning 5 nafar futbolchisining koronavirusga topshirilgan test natijalari musbat chiqqan.

Futbol - Sputnik O‘zbekiston
“Bunyodkor” klubi futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

Ta’kidlanishicha, “Paxtakor” futbol klubida doimiy ravishda futbolchilar va klub xodimlari COVID-19 ga muntazam tarzda test topshirib kelishadi.

OKMK bilan o‘tkazilgan Superliga 9-tur bahsidan keyin ba’zi futbolchilar sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lgan. Shundan keyin mashg‘ulotlar vaqtincha to‘xtatib turilgan.

Ayni paytda koronavirus aniqlangan 5 nafar futbolchi yakkalangan va davolanishmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” futbol klubining bir necha o‘yinchisida koronavirus aniqlangani haqidagi xabar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0