Rossiyaning “Lokomotiv” klubi Jasur Jaloliddinovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinov The Guardian nashrining 2002-yilda tug‘ilgan dunyodagi eng kelajagi porloq iqtidorli yosh futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiyaning “Lokomotiv” futbol klubi o‘zbekistonlik 18 yoshli yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Poluzashitnik Jasur Jaloliddinov iz kluba Bunedkor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik eng kelajagi porloq TOP-60 futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi

Bu haqda sportchining agenti Yuriy Belous Sports.ru. bilan suhbatda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jaloliddinov o‘z tengqurlari orasidagi 18 yoshli eng iqtidorli futbolchi sanaladi. U Osiyoning 5 nafar eng yaxshi yosh futbolchilari safidan joy olgan. Hozirda u “Bunyodkor” klubida to‘p suradi.

“The Guardian tahlilchilariga ko‘ra, u o‘z yoshi toifasidagi jahonning eng yaxshi 60 nafar futbolchisidan biri. U juda yaxshi futbolchi”, - deya qo‘shimcha qilgan Yuriy Belous.

Yangiliklar lentasi
0