Olimpiada-80 sirlari: KGB, lo‘lilar baronlari va jinoyatchilarning chiqarib yuborilishi – video

Obuna bo‘lish
Bundan roppa-rosa 40-yil muqaddam, 1980-yil 19-iyulda Moskvada yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga nafaqat sportchilar, balki maxsus xizmat xodimlari ham faol tayyorgarlik ko‘rgan.

SSSR 1980-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Moskva asosiy sport musobaqasi mezboni sifatida tanlandi. Moskvaga Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 144 a’zosidan 81 ta mamlakat vakillari keldi. Qolganlari ushbu yirik sport musobaqasiga kelishdan bosh tortdi.

Olimpiada-80 shunchalik muvaffaqiyatli o‘tdiki, u haqida hozirgacha eslashadi.

Ushbu muvaffaqiyat ortida kim turgan edi? Sport, IIV va KGB qanday o‘zaro bog‘langan? O‘g‘rilar, lo‘lilar baronlari va valyutali fohishalar bunga qanday aralashib qolgan?

Torjestvennaya seremoniya otkritiya XXII Olimpiyskix igr v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

O‘yinlar yubileyiga Sputnik maxsus “Moskva-80: Retro-tube” multimedia loyihasini ishga tushirdi. Uning birinchi qismida yozuvchi va publitsist Dmitriy Puchkov sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev bilan birgalikda maxsus xizmat sirlarini ochadi.

Olimpiadaga SSSR xavfsizlik organlari sportchilardan kam bo‘lmagan darajada tayyorgarlik ko‘rishdi: besh yil davomida ular turli ehtimoliy ssenariylarni ishlab chiqishdi. 1972-yilda Germaniya Federativ Respublikasi maxsus xizmat xodimlari Olimpiya qishlog‘ida Isroil delegatsiyasini otib tashlagan falastinlik terrorchilarni ko‘zdan qochirgan edi. Sovet Ittifoqi bunday voqea takrorlanishini xohlamas edi. Aynan shuning uchun bomjlar va jinoyatchilar Moskvadan olib chiqildi va ularga O‘yinlar yakunlanmaguniga qadar qaytmaslik maslahat berildi. Olimpiada o‘tkazilgan yili SSSR maxsus xizmati aholidan noqonuniy saqlanayotgan qurolni musodara qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirgan.

Sputnik tayyorlagan loyihani rus tilida tomosha qilishingiz va uzoq muddat sir saqlangan ma’lumotlardan voqif bo‘lishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0