Dunyoda

Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik sinovlarini yakunladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishRossiyskiye mediki razrabotali vaktsinu protiv lixoradki Ebola
Rossiyskiye mediki razrabotali vaktsinu protiv lixoradki Ebola - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, mavjud tahlil natijalari emlash natijasida barcha koʻngillilarda immun javobi hosil boʻlganini aniq koʻrsatadi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik sinovlarini yakunladi. 20 iyul kuni ertalab koʻngillilarning ikkinchi guruhiga javob berildi.

Shprits s lekarstvom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada COVID-19 ga qarshi vaktsina avgust oʻrtasida paydo boʻlishi mumkin

“Rossiya Mudofaa vazirligi N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi bilan birgalikda akademik N.N. Burdenko nomidagi bosh harbiy klinik gospitali bazasida koʻngillilar ishtirokida COViD-19 qarshi vaktsinaning klinik bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Taʼkidlanishicha, mavjud tahlil natijalari emlash natijasida barcha koʻngillilarda immun javobi hosil boʻlganini aniq koʻrsatadi. Koʻngillilar hech qanday asoratlar yoki nojoʻya taʼsirlar ustidan shikoyat qilishmagan.

Koʻngillilarning koʻrik, tahlil maʼlumotlari N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markaziga beriladi. Maʼlumotlar tekshirilgandan soʻng dorini roʻyxatdan oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader