Toshkentda ikki bezori bilyard klubi boshqaruvchisini do‘pposladi

Obuna bo‘lish
Ikki mast fuqaro yarim tunda bilyard klubiga kelib janjal ko‘targan. Ish boshqaruvchiga bilyard toshlarini otib, jarohat yetkazgan.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkent shahrida bilyard klubida bezorilik sodir etgan shaxslar ustidan ochilgan jinoiy ish prokuraturaga yuborildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 2020-yilning 17-fevral kunidan 18-fevral kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 01:00 da 32 yoshli A.S. sherigi 29 yoshli X.G‘. bilan Olmazor tumanidagi bilyard klubiga mast holda kelgan.

Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda janjallashgan qaynota va kuyovni ajratmoqchi bo‘lgan ayol do‘pposlandi

Ish vaqti yakunlangani aytilganiga qaramasdan klub ish boshqaruvchisi 55 yoshli D.I.ni ahloqsiz so‘zlar bilan haqorat qilib, sababsiz do‘pposlashgan.

O‘sha vaqtda bilyard klubda bo‘lgan ishchilar va mijozlar A.S. va X.G‘.ga ham jiddiy qarshilik ko‘rsatishgan. Bilyard toshlarini otib, D.I.ni stul bilan urib, yana do‘pposlashgan. Ish boshqaruvchi yengil tan jarohati olgan. Bezorilar esa hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ochilgan jinoiy ish  tuman prokuraturasiga yuborilgan. Endi ular sud oldida javob berishadi.

Yangiliklar lentasi
0