“Parchalanish muqarrar”. Nega YeI zaiflarga yordam berish to‘g‘risida qizg‘in bahs uyushtirdi

© REUTERS / Francisco Seco / Pool Predsedatel Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen i predsedatel Yevropeyskogo soveta Sharl Mishel privetstvuyut drug druga na pervom ochnom sammite YeS posle pandemii
Predsedatel Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen i predsedatel Yevropeyskogo soveta Sharl Mishel privetstvuyut drug druga na pervom ochnom sammite YeS posle pandemii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqida navbatdagi inqiroz hukm surmoqda va u anchagina jiddiy. Pandemiya, ayniqsa YeIning shundoq ham zaif a’zo-davlatlariga ancha qattiq ta’sir qildi.

TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Sofiya Melnichuk. Yevropa Ittifoqida navbatdagi inqiroz hukm surmoqda va u anchagina jiddiy. Pandemiya iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazdi, ayniqsa YeIning shundoq ham zaif a’zo-davlatlariga ancha qattiq ta’sir qildi. Biroq, baquvvatlar yordam berishga shoshilmayaptilar - budjet haqidagi munozaralar tupikga kirib qoldi. Nega boylar bo‘lishishni xohlamayaptilar, buni RIA Novosti o‘rgandi.

Budjet o‘tmaydi

YeI sammitlari tinch Brusselni doim jonlantiradi. Odatda mehmonxonalar to‘lib ketgan, markaziy ko‘chalar yopilgan, muxbirlar ko‘p, hamma joyda politsiyachilar, besh yil oldin tashkilotning qarorgohi ko‘chib o‘tgan va yig‘ilishlar o‘tkaziladigan “Yevropa” binosida yurib bo‘lmaydi.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa va Amerika Rossiya tufayli jangga kirmoqda

Ammo koronavirus tadbirlar jadvaliga jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi. Hamma niqob taqqan, qo‘l siqishlar yo‘q, bitta ham jurnalist yo‘q - matbuotga ruxsat berilmadi.

Ajratilgan ikki kun (17 va 18-iyul) sammitga yetmadi. Uchinchi va to‘rtinchi kunida ham yig‘ilishga to‘g‘ri keldi. Ammo behuda: qarama-qarshiliklar hamon hal qilinmadi.

Trillionlar taqdiri

Yevroittifoq yetakchilari 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan budjet bo‘yicha, shu jumladan koronavirus ta’siriga uchragan mamlakatlar iqtisodiyotini tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha kelisholmayaptilar. Gap 1,82 trillion yevro miqdoridagi mablag‘lar haqida ketmoqda.

“Kecha (yakshanba - tahr.) ba’zida hammasi yomonday tuyulardi, ammo o‘ylamanki, umuman olganda, oldinga siljishga erishdik”, - dedi jurnalistlarga Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutte. Shu bilan birga ogohlantirdi: natija hozircha bo‘lmasligi mumkin.

Germaniya kansleri Angela Merkel kayfiyati ham optimistik emas edi. Shanba kuni ehtiroslar shu qadar qizidiki, frau va Emmanuel Makron binoni tark etishdi. Fransiya yetakchisi, OAVlar yozishicha, dushanba kuni yana bir demarsh bilan tahdid qilgan.

Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Raqobatga dosh berolmadi: Yevropa va Osiyo amerika STGdan voz kechmoqda

Yevropa Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan beri eng ko‘lamli retsessiya ehtimoliga yuz tutmoqda. Prognozlarga ko‘ra, YeI iqtisodiyoti bu yil 8,3 foizga qisqaradi. Biroq, “xasis to‘rtlik” deb ataladigan Niderlandiya, Avstriya, Daniya va Shvetsiya Brusselning pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlarga 750 milliard yevrolik paketdan 500 milliard yevroni qaytarish shartisiz ajratish rejasiga qarshi chiqmoqda.

Mablag‘larni shunchaki berib bo‘lmaydi, mablag‘lar maqsadli sarflanishi uchun ularni kredit sifatida berish kerak, deb hisoblaydi “to‘rtlik”.

Bunga qo‘shimcha ravishda, Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutte muhtoj davlatlardan o‘z iqtisodiyotlarini isloh qilish rejasini taqdim etishni talab qildi. Italiya va Ispaniya bunga qarshilik bildirishdi. Natijada muzokaralar sammitning birinchi kunidayoq tupikga kirdi.

Reuters manbalarining ma’lum qilishicha “bu barcha tartibsizliklar” uchun Rutte ma’sul. Italiyaliklar va ispaniyaliklar bu siyosatchiga anchadan beri tishini qayrashadi, ular uni “janob “Yo‘q, yo‘q, yo‘q” deb atashadi.

Tanqidchilar Niderlandiyaning boshqalarga qaraganda katta savdo profitsitiga ega ekanligiga ishora qiladilar, shuning uchun mablag‘larni sarflashni xohlamasligini sababi yo‘q. Amsterdamda takror va takror ta’kidlashadi: farovonlik – keskin mehnat axloqining natijasidir va bu hatto pensiyaga chiqish yoshi past bo‘lganlar bilan pul bo‘lishish kerakligini anglatmaydi.

NATO va Yevropa ittifoqining sevimli loyihasi qanday barbod bo‘lmoqda - Rail Baltica - Sputnik O‘zbekiston
NATO va Yevropa ittifoqining sevimli Rail Baltica loyihasi qanday barbod bo‘lmoqda

Ichki siyosiy vaziyat ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: kelasi yil Niderlandiyada saylovlar va Mark Ruttening Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi yevroseptiklar bilan ovozlar uchun raqobatlashishi kerak.

“Oxir oqibat, YeIning barcha a’zolari o‘z saylovchilari oldida javobgardir va biz Yevropaning o‘ziga xosligi shakllanmayotganini, va bunday og‘ir vaziyatda esa jiddiy muammoga aylanayotganini kuzatmoqdamiz”, - dedi RIA Novosti” bilan suhbatda RFA Jamiyatshunoslik fanlari bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar instituti direktori v.v.b. Aleksey Kuznetsov.

Karantin iqtisodiyotga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va kim to‘laydi degan savol tug‘ilishi tabiiy. “Qiyinchilik shundaki, YeI uzoq muddatli moliyaviy istiqbolga ega, bu boradagi munozaralar doimo tupikga kirib qolmoqda, garchi oxir-oqibat ular murosaga albatta kelishadi”, - deb davom etadi Kuznetsov. Uning eslatishicha, 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan budjet ham yevro hududidagi inqiroz fonida qabul qilingan.

“Fojiaga albatta yo‘l qo‘yilmaydi. Biz YeI har doim kelisha olishini tushunamiz, hech qanday falajlik ro‘y bermaydi, - deya xulosa qiladi suhbatdosh. - Yevroittifoq juda barqaror, ammo u to‘lqinsifat rivojlanmoqda, yevroseptitsizm esa kuchayib bormoqda”.

Jenshina u zdaniya Yevropeyskogo parlamenta v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Yevropani siyosiy suverenitet uchun tovon to‘lashga majbur qiladi

Demokratiya yoki pul

Biroq, ular nafaqat mablag‘lar haqida, balki ma’naviy jihatlar haqida ham bahslashmoqdalar. “Biz bir narsani aniq aytishimiz kerak, agar kelishuv to‘htatiladigan bo‘lsa, bu mening aybim emas, balki niderlandiyalik yigitning aybi bo‘ladi, chunki buni aynan u boshladi”, - dedi yakshanba kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban. U Niderlandiya delegatsiyasini dotatsiyalar evaziga liberal qadriyatlarni singdirishda aybladi.

Vengriya, shuningdek, Sloveniya va Polsha ham Brusselning siyosiy bosimidan norozi. Gap shundaki, Budapesht va Varshavani doimiy ravishda YeIning mafkuraviy tamoyillarini buzishda ayblashadi.

Masalan, qayta saylangan Polsha prezidenti Andjey Duda o‘ziga, gomoseksualizm kommunizmdan ham yomonroq ekanligini ta’kidlashga yo‘l qo‘yadi. Uning “Qonun va adolat” partiyasi esa sudlarning mustaqilligini cheklashga harakat qilmoqda.

Orban esa mart oyida qabul qilingan, mamlakatni parlamentni chetlab o‘tib boshqarish to‘g‘risidagi qonuni uchun tanqid qilingan. Umuman olganda, u o‘zining avtoritar qiliqlari uchun Brusseldan tez-tez dakki yeb turadi.

"Bunda gap nafaqat ushbu mamlakatlarning ichki ishlari xaqida ketmoqda, balki ularning YeI tashabbuslariga nisbatan munosabati bilan ham bog‘liq”, - deydi Natalya Yeromina, siyosiy fanlar doktori, Sankt-Peterburg DU professori. – Vishegrad guruhi (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya) migrantrlar uchun kvotalarga qarshi chiqqan, Brussel qarorlariga to‘sqinlik qilgan. Moliyaviy yordamlarni qayta hisoblashdan bosh tortmoqda, budjet intizomiga rioya qilmaydi”.

Situatsiya v Italii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
“Alamni unutmaymiz”. Yevropa karantindan keyin hisob-kitobni amalga oshirishga tayyorlanmoqda

Shu bilan birga, Polsha Yevroittifoqda eng ko‘p dotatsiyalanadigan davlatlardan biri hisoblanadi, va Vengriya ham dotatsiyalarga jiddiy bog‘liq, deydi ekspert.

“Shuningdek, suverenitet tushunchasi ham mavjud: ba’zi davlatlar milliy manfaatlarni Yevropa manfaatlaridan ustun qo‘yishadi, bu esa integratsiyaga to‘sqinlik qiladi. Brusselda esa hech qanday maxsus ta’sir dastaklari yo‘q. Yig‘ilishlarda qatnashish taqiqlanishi mumkin, ammo ular bunga amal qilmasliklari mumkin”, - deydi Yeromina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Brussel muhtojlarga pul bermay qo‘ymaydi: bu oxir oqibat YeIni iqtisodiy guruhlarga tamomila ajratib qo‘yadi. “Bo‘linish muqarrar, ammo ular buni ochiqchasiga ma’lum qilishga jur’at etolmayaptilar. Vaziyatni bo‘linib ketayotgan non bo‘lagi ustiga yog‘ni tekkiz surtib chiqishga urinish bilan taqqoslasa bo‘ladi - bu ish bermaydi”, - deya xulosa qiladi mutaxassis.

Shubhalanishga hojat yo‘q: Yevroittifoqdagi qizg‘in munozaralar bu safar ham tinchiydi. Inqirozlar tez-tez ro‘y beradi, yevroseptiklar avjida. Va YeIning yaxlitligiga yaqin kelajakda tahdidlar ham mavjud emas.

Yangiliklar lentasi
0