Rossiyaning COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinasi tayyor bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishVaksina
Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Rossiyaning COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinasi tayyor bo‘lganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiyaning COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinasi tayyor bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Salikov ma’lum qildi.

“Mutaxassislarimiz va Milliy tadqiqot markazi (Gamaleya nomidagi – tahr.) olimlari tomonidan sinov natijalariga yakuniy baholar berildi. Javob berilgan vaqtda barcha ko‘ngillilar koronavirusga immunitet olib, o‘zlarini yaxshi his qilishdi. Shunday qilib, yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi mahalliy vaksina tayyor”, - dedi u “Argumenti i fakti” gazetasiga bergan intervyusida.

Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini yakunladi

Avvalroq Sechenov universiteti dorivor vositalarni klinik o‘rganish markazi rahbari Yelena Smolyarchuk Sechenov universitetida o‘zida vaksinani sinayotgan barcha ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi immunitet hosil bo‘lganini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0