O‘rikdagi nasha: xatirchilik otaxon narkotik yashirish bo‘yicha antiqa usulni qo‘lladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabota ekspertno-kriminalisticheskogo sentra
Rabota ekspertno-kriminalisticheskogo sentra  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
57 yashar otaxonning yashash hovlisi va qo‘shimcha xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidagi o‘rik daraxti shoxlari orasiga giyohvandlik vositasi aniqlangan

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Xatirchi tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya davomida otaxonning uyida o‘rik shoxlarida yashirilgan marixuanna aniqlandi, deb xabar qildi Navoiy viloyati IIB axborot-xizmati.

Nashaning yo‘q qilinishi - Sputnik O‘zbekiston
To‘rt odam tiriklay yonib ketgan avtomobildan 2 qop nasha tushib qolgan

Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 6 nafar farzandi bor 57 yashar otaxonning yashash hovlisi va qo‘shimcha xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidagi o‘rik daraxti shoxlari orasiga giyohvandlik vositasini iste’mol qilish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

EKB xulosasida, ushbu o‘simlik og‘irligi 2,73 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi aytilgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tuman IIB xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0