Dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun jazo kuchaytirildi

Obuna bo‘lish
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar dorini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini takroran buzganlik uchun 5-yilgacha qamalish mumkin.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.

Yangi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bog‘lik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik ko‘rsatilgan moddalariga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilandi.

Ushbu harakatni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur o‘zgartirishlar qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0