Erdog‘an Ayya-Sofiya haqida 9 ta tilda kuylangan qo‘shiq klipini Twitter’da joylashtirdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSobor Svatoy Sofii v Stambule
Sobor Svatoy Sofii v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Ayya-Sofiya haqida 9 ta tilda aytilgan qo‘shiq klipini Twitter’ sahifasida joylashtirdi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Twitter’dagi sahifasida Ayya-Sofiya haqida aytilgan qo‘shiq klipi bilan bo‘lishdi. Qo‘shiq 9 ta tilda kuylangan.

Videoda turli musulmon davlatlarining ijrochilari ishtirok etishdi, ularning har biri qo‘shiqning bir qismini o‘z ona tillarida kuylashdi: qirg‘iz, bosniya, alban, arab, ozarbayjon, kurd, suaxili, bengal, turk tillaridan foydalanilgan.

Ayya-Sofiya ibodatxonasi Vizantiya imperiyasi davrida 532-537 yillarda qurilgan va 1000-yildan ortiq davr mobaynida nasroniylar uchun bosh ibodatxona bo‘lgan. 1453-yilda Konstantinopol (Istanbul) Usmoniylar imperiyasi tomnidan zabt  etilganidan so‘ng ibodatxona musulmon masjidiga aylantirilgan. Aylantirish jarayonida uning to‘rt tomonida to‘rtta minora qurilgan va ichidagi noyob freskaya va bezaklari ustiga suvoq surkalgan. Shuningdek uning ichdagi ustunlariga Qur’on suralari yozilgan ulkan peshtaxtatalar osilgan.

1935 yilda Mustafa Kamal Otaturk rahbarlik davrida masjidga betaraf maqom berilib u muzeyga aylantirilgan.

2020 yil 10-iyul kuni Turkiya Davlat kengashi 1934-yilda Avliyo Sofiya soborini muzeyga aylantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorni bekor qildi. Ushbu voqeadan ko‘p o‘tmay Rajab Erdog‘an Ayya-Sofiyani masjiga aylantirish va u yerda musulmoncha ibodatlar boshlash to‘g‘risida qarorni imzolagan.

YuNESKO rasmiylari sobor maqomi o‘zgartirilishi haqidagi qarorni "chuqur taassuf" bilan qabul qilganliklarini bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0