Jamiyat

Koronavirusdan uyda davolanayotgan bemorlar soni ochiqlandi

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik vo vremya postanovki kapelnitsы
Meditsinskiy rabotnik vo vremya postanovki kapelnitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusdan uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning asosiy qismi Toshkent viloyatida. U yerda 637 kishi uyda davolanmoqda.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda 22 iyul soat 10:00 holatiga koʻra koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi aʼzosi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi xodimi Joʻshqin Qosimov maʼlum qildi.

Illyustrirovannoye izobrajeniye virusa COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
COVID-19ni uy sharoitida davolash boʻyicha qoʻllanma tasdiqlandi

Hududlar kesimida: Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 58, Andijon viloyatida — 136, Jizzax viloyatida — 22, Navoiy viloyatida — 40, Namangan viloyatida — 21, Samarqand viloyatida — 96, Sirdaryo viloyatida — 156, Surxondaryo viloyatida — 101, Qashqadaryo viloyatida — 21, Toshkent viloyatida — 637,Toshkent shahrida — 413  nafar bemor uyda davolanmoqda.

taʼkidlanishicha, ularning barchasi shifokorlar nazoratida boʻlib, kerakli tavsiyalar berib borilmoqda. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yoʻlga qoʻyilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 5 iyuldan boshlab koronavirus bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolashga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala