Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 22 iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPost v Tashkente
Post v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 18 324 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
JSST Oʻzbekistonga qiymati 4 mln dollardan ziyod insonparvarlik yukini yetkazib berdi

Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 18 324 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 145 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 9 554  nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 673 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.

Oʻlim holatlari

Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D.da (erkak) joriy yil 3 iyul kuni “COVID-19” infektsiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.

Meditsinskiy rabotnik vo vremya postanovki kapelnitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirusdan uyda davolanayotgan bemorlar soni ochiqlandi

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli V.X. (ayol)da 18 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 97 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Vatanga qaytgan talabalar

Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin oʻzbekistonlik talaba charter reys orqali mamlakatga olib kelindi. Sibir federal okrugida tahsil olayotgan talabalar karantinga olinadi.

Test sinovlari

Test sinovlarini keyinga koʻchirish boʻyicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, imtihon oʻshanda oʻtkaziladi.

“Agar 15 avgustda bekor qilinsa, 15 avgustdan keyin, 1 sentyabrda bekor qilinsa, 1 sentyabrdan keyin oʻtkaziladi. Imtihonlar oʻtkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin maʼlum qilinadi. Statsionarga aylantirilgan pavilonda imtihon oʻtkazilmaydi.

Devushka v prirodno-landshaftnom parke Zaryadye v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pandemiya Yangi yilgacha davom etadi – akademik

Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sigʻimli inshoot boʻlishi aniq” – dedi DTM bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabov.

JSST yordami

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi Oʻzbekistonga qiymati 4 million dollardan ziyod insonparvarlik yukini yetkazib berdi. 1-chi partiyada - 619,4 ming dona himoya vositasi va 2,1 mlndan ziyod jarrohlik niqobi, 2 - chi partiyada himoya koʻzoynagi (95,2 ming dona), himoya xalatlari (178 ming dona), jarrohlik niqoblari (12 ming dona), KN95 respirator niqoblaridan (1 mln dona) yetkazib berildi.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 14,9 milliondan oshdi, 616 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,9 mln), Braziliyada (2,2 mln), Hindistonda (1,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala