Hodisalar

Parkentda Sanitariya inspektsiyasi mansabdorlari davlatga qariyb 400 mln soʻm zarar yetkazdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi mansabdorlari karantin qoidalarini buzganlarni nazorat qilish oʻrniga davlat haqqiga xiyonat qilgan.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumanida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi mansabdorlari davlatga 397,6 mln soʻmlik zarar yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Kredit mablagʻlarini “yevorgan” bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Maʼlum boʻlishicha, mansabdorlar karantin qoidalarini buzgan 86 nafar kishining jarima toʻlamasligi uchun ularga qilmishni istisno etuvchi holatlar sifatida holatni rasmiylashtirib berishgan. Shu yoʻl orqali ular 397,6 mln soʻmlik davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala