Siyosat

Tokio Toshkentga Afgʻoniston boʻyicha yangi maslahat shaklini taklif qildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yaponiya Oʻzbekistonning uzoq muddatli afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish borasida olib borayotgan siyosatini yuqori baholadi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Tokio “Yaponiya-Oʻzbekiston-Afgʻoniston” uch tomonlama maslahat shaklini yaratishni taklif qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya so spetspredstavitelem SSHA po afganskomu primireniyu Zalmayem Xalilzadom i glavnыm ispolnitelnыm direktorom korporatsii finansirovaniya mejdunarodnogo razvitiya SSHA (DFC) Adamom Bolerom - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Ushbu taklif Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Yaponiyaning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Katsuxito Takaxashi bilan onlayn muzokaralari chogʻida bildirildi.

Taʼkidlanishicha, suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yaponiyaning Afgʻoniston mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi saʼy-harakatlari, toʻgʻridan-toʻgʻri afgʻonlararo ichki muzokaralarni tezroq boshlash masalalari muhokama qilindi.

Yaponiya Oʻzbekiston rahbariyatining uzoq muddatli afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish, mamlakatni mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish borasida olib borayotgan siyosatini yuqori baholadi.

“Afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini ilgari surish, shuningdek, iqtisodiy yoʻnalishdagi Oʻzbekistonning yuqori nufuzi va rolini inobatga olgan holda, Katsuhito Takahashi “Yaponiya-Oʻzbekiston-Afgʻoniston” uch tomonlama maslahat shaklini yaratishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Afgʻoniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha atroflicha fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0