JSST O‘zbekistonga qiymati 4 mln dollardan ziyod insonparvarlik yukini yetkazib berdi

© United States Mission GenevaLogotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiymati 4 million dollardan ziyod insonparvarlik yuki Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirilgan.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy burosi O‘zbekistonga qiymati 4 million dollardan ziyod insonparvarlik yukini yetkazib berdi. Bu haqda JSSTning mamlakatdagi vakolatxonasi ma’lum qildi.

Yuk Birdamlik va COVID-19 ga qarshi global jamg‘armasi orqali tashkilot bosh qarorgohi tomonidan xarid qilingan va JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida yetkazib berilgan.

Uzbekistan napravil Pakistanu gumanitarnuyu pomosh - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Ta’kidlanishicha, insonparvarlik yukini jo‘natish ikki bosqichda amalga oshirilgan. Birinchi partiya Toshkentga 8-iyul kuni yetib kelgan va o‘z ichiga yuz uchun 619,4 ming dona himoya vositasi va 2,1 mlndan ziyod jarrohlik niqobini olgan.

Ikkinchi partiya poytaxtga 17-iyulda yetkazib berildi. U shaxsiy himoya vositalari, jumladan, himoya ko‘zoynagi (95,2 ming dona), himoya xalatlari (178 ming dona), jarrohlik niqoblari (12 ming dona), KN95 respirator niqoblaridan (1 mln dona) iborat edi.

Yuk Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0