G‘arb COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish poygasida yutqazmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDemonstratsiya diagnostiki dlya obnarujeniya koronavirusa sentrom FMBA Rossii
Demonstratsiya diagnostiki dlya obnarujeniya koronavirusa sentrom FMBA Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Salikovning ma’lum qilishicha, COVID-19 uchun mahalliy vaksina tayyor - klinik tadqiqotlar natijalari ishtirok etgan barcha ko‘ngillilarda immun javob shakllanganini ko‘rsatdi.

Biroq, Sechenov universiteti dori-darmonlarni klinik o‘rganish markazida ta’kidlashlaricha oldinda ushbu preparat samaradorligini sinashning keyingi bosqichi turibdi.

.

Rossiyskie mediki  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini yakunladi

Rossiyada jami bo‘lib 14 ta platformada taxminan ellikka yaqin COVID-19 vaksinalari ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonning yetakchilari - Gamaley nomidagi Epidemiologiya va Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Rospotrebnadzorning "Vektor" markazi va FMBA Vaksinalar va zardoblar instituti hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi birinchi mahalliy vaksina avgust oyida ni ro‘yxatdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bu juda tez.

Odatda vaksina yoki biron bir dori vositasini yaratish ko‘p yillarni talab qiladi. Tadqiqotlarning mavjud protokollari juda qat’iydir, chunki mahsulot o‘zining samaradorligi va inson salomatligi uchun xavfsizligini isbotlashi kerak.

Rossiyskie mediki razrabotali vaksinu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksinaning klinik sinovi boshlanish sanasi ma’lum qilindi

Biroq, koronavirus tomonidan qo‘yilgan chaqiriq mavjud protseduralarni ularning intensivligi tomon jiddiy qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Shunda, aprel oyida ingliz olimlari, ularning maqsadi dori vositasini sentabrgacha ishlab chiqish ekanligini ma’lum qilishgan.

Vaksinalarni ishlab chiqishga haqiqatda juda katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilgan. Xususan, Donald Tramp ma’muriyati Amerika va Yevropa farmatsevtika kompaniyalariga 2 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratdi. Bunday saxiy moliyalashtirishning sharti - albatta, AQSh foydasiga ishlashdir.

Aslida, dunyoda koronavirusga qarshi vaksinani yaratish poygasi boshlandi va shu bilan birga u ham moliyaviy, ham siyosiy tarkibiy qismlarga ega.

Pulga kelsak, bunda hammasi oddiy: kim birinchi bo‘lib jahon bozorida vaksinani sotishni boshlasa, u hammadan ko‘p pul ishlab oladi. Aynan shu sababdan, olib borilayotgan izlanishlarga nafaqat davlat va ilmiy tuzilmalar, balki farmatsevtika kompaniyalari ham faol ishtirok etmoqdalar - ular uchun bu istiqbolli tilla koni.

Ispitanie vaksini ot koronavirusa v RF - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiya muddatini ma’lum qildi

Siyosat bilan, aniqrog‘i katta siyosat bilan, vaziyat biroz murakkabroq. Mohiyat  shundan iboratki, vaksina ishlab chiqara olish bilan bog‘liq joriy vaziyat mamlakat qanchalar rivojlanganligi va uning imkoniyatlari ko‘rsatkichi sifatida qabul qilinmoqda. Farmatsevtik vositani (ayniqsa tezlashtirilgan sharoitda) yaratish uchun shunchaki pul ajratib qo‘yish yetarli bo‘lmaydi. Bunda ilmiy markazlar va ilmiy xodimlar va ayniqsa ularning tegishli kasbiy darajaga egaligi katta ahamiyatga ega. Shuningdek, jarayonni iloji boricha samarali tashkil eta oladigan va yuzaga keladigan muammolarni tezda hal qila oladigan tuzilmalar kerak.

Ushbu yondashuvda, albatta, ma’lum bir haqiqat bor. Ammo u so‘nggi haftalarda G‘arbda Rossiyaga nisbatan keskin kutilmagan o‘zgarishlarga uchradi.

Boshidanoq uchta mamlakat vaksinani ishlab chiqishda yetakchi hisoblana boshladilar: AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy, ular hammadan oldin ishni boshladilar.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinasi tayyor bo‘ldi

Rossiya tomon ko‘proq takabburona ohanglar yangradi: ruslar, albatta, o‘zlarida bir nimalarni qilishmoqda, ammo ular farmakologik jihatdan eng rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha olishlarini kutmasa ham bo‘ladi.

The Wall Street Journal esa milliy yondashuvimizni hatto "vaksinali millatchilik" deb atadi. Ushbu ibora ostida bizning mamlakatimiz dori vositasini ishlab chiqishda to‘laligicha o‘z manbalariga tayangani nazarda tutilgan, va hatto birinchi galdagi vazifa rossiyaliklarni emlash ekanligini, qolgani esa keyingi navbatlarda hal qilinishi ekanligini e’lon qilishga jur’at etdi.

"Buning nimasi yomon?" degan savolga javob alohida izoh talab qiladi. Bari gap shunchaki ikkiyuzlamachilikdadir. Albatta, har qanday davlat birinchi navbatga o‘z manfaatlarini, keyin esa butun insoniyatni qo‘yadi. Ammo buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq aytish – ilg‘or meyorlarga ziddir, shu sababdan Rossiya ma’qullanmayapti.

Koronavirusdan himoyalanganlar: vaksinani sinab ko‘rgan ko‘ngillilar uylariga kuzatildi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan himoyalanganlar: vaksinani sinab ko‘rgan ko‘ngillilar uylariga kuzatildi

Qanday bo‘lmasin, so‘nggi bir oy ichida G‘arbning mamlakatimizdagi COVID-19 vaksinasini yaratish bo‘yicha harakatlariga nisbatan jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi va dunyo navbatdagi "Kreml jinoyatlari" haqida xabar topdi.

Avvaliga Rossiya uch mamlakat - Buyuk Britaniya, AQSh va Kanadadan xakerlar yordamida ularning ishlanmalari haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringanlikda ayblandi. Kecha esa juda hayratlanarli hodisa yuz berdi: Bloomberg Moskvada aprel oyidan beri eksperimental vaksina borligini, ammo uni maxfiy ravishda - faqat Rossiya elitasi vakillari olayotganini ma’lum qildi.

Agar ushbu ayblovlarda biron bir mantiqni topishga harakat qilsak, unda bunga eng oddiy tushuntirish bu Rossiya yana imkonsiz deb hisoblagan narsani amalga oshirishiga muvaffaq bo‘lganligi bo‘yicha G‘arbning havotirlari: koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishda yetakchi mamlakatlar guruhiga qo‘shilish.

JSST SOVID-19 qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi  - Sputnik O‘zbekiston
Hamma kutmoqda: JSST SOVID-19'ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi

Xitoy iyun oyining oxiridayoq o‘zining eksperimental vaksinalaridan birini armiyada foydalanishini ma’qulladi. Endi esa Rossiya ijobiy natijalar haqida xabar bermoqda.

Ammo G‘arbning o‘zining yutuqlari unchalik ravshan emas.

OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh farmatsevtika kompaniyalari vaksina ishlab chiqarishni yoz oxiriga qadar boshlashni rejalashtirmoqda. Ammo bu xabarlar ta’sirliroq ko‘rinishi uchun, rasmiy maqom va sodir bo‘layotganlarning tafsilotlari yetishmayapti.

Ispitanie vaksini ot koronavirusa v RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada sinovdan o‘tayotgan uch xil vaksina o‘z samaradorligini ko‘rsatdi

Britaniyaliklarga kelsak, kuni kecha ular Oksford vaksinasi bo‘yicha olib borilgan ishlarning navbatdagi natijalari haqida xabar berishdi va rasmiy bayonotlarga ko‘ra, natija ular kutganiday ijobiy bo‘lmadi. Koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha davlat ishchi guruhi raisi Keyt Bingem bunga juda katta umid bog‘lamaslikka chaqirdi: "Haqiqat shundaki, biz umuman bu vaksinani ishlab chiqara olmasligimiz ham mumkin, yaratishga muvaffaq bo‘lsak ham, u bemorlanishni butkul to‘xtata olmaydi, balki alomatlar o‘tkir tus olishini pasaytirishi mumkin, xolos", - dedi u.

Bu yerda pichinglar noo‘rin. Gap insoniyat manfaatlari haqida ketmoqda va olimlarning jiddiy ishlari va ehtimoliy muvaffaqiyatsizliklari haqida piching qilish – bu o‘ta pastkashlikdir.

Ammo G‘arbning o‘zi ham buni yodda tutsa yaxshi bo‘lardi.

Yangiliklar lentasi
0