O‘zbekiston xorijga 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishProdaja arbuzov na prodovolstvennom rinke
Prodaja arbuzov na prodovolstvennom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari o‘zbek tarvuzlari Belorus, Estoniya, Mongoliya Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Qirg‘iz Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda 1-iyul holatiga ko‘ra, qiymati 886,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi xabari asosida.

Qovun tarvuz - Sputnik O‘zbekiston
Qovun va tarvuz bellashuvi: qaysi biri foydaliroq?

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, tarvuz mahsulotining eksporti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi 1 179 tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Lekin bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.

Bundan tashqari o‘zbek tarvuzlari Belorus, Estoniya, Mongoliya Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Qirg‘iz Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.

Jumladan, Qozog‘istonga 319,2 tonna, Qirg‘iz Respublikasiga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Belorus Respublikasiga 148,1 tonna tarvuz eksport qilingan.

Qashqadaryoda yetishtirilayotgan tarvuzning ertapishar navi haqida shu yerda ma’lumot olishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0