Kolumnistlar

Britaniya hukumati Vladimir Putinga xizmat qilishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka oʻtishGoroda mira. Manchester
Goroda mira. Manchester - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Goʻl inglizlar oʻz mamlakatlarini hiylagar ruslardan himoya qilishni bilishmaydi! Britaniyada nihoyat jamoat palatasi razvedka va xavfsizlik qoʻmitasi hisoboti eʼlon qilindi: u Rossiyadan esayotgan tahdidlar va mamlakatimizning orol ishlariga aralashuviga bagʻishlangan.

Hisobot oʻtgan yilgi parlament saylovlaridan ancha oldin tayyorlangan, ammo uning ommaga eʼlon qilinishini hukmron konservatorlar uzoq muddat kechiktirib keldilar va Boris Djonsonning raqiblari uni bu ishni Rossiya tahdidini kamaytirib koʻrsatish va oʻz partiyasiga zarar yetkazmaslik maqsadida qasddan qilganlikda ayblashgan. Mana endi mualliflaridan biri MI-5ning isteʼfodagi mashhur xodimi Kristofer Stil (Trampning "Rossiya bilan aloqalari" toʻgʻrisidagi dosyesi muallifi) boʻlgan hisobot eʼlon qilindi.

LOndon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Britaniya maxsus xizmatlar vakolatlarini kengaytirmoqchi

Britaniya matbuoti hafsalasi pir boʻldi: hisobotda Shotlandiya mustaqilligi boʻyicha referendumga taʼsir oʻtkazishga urinishlar haqida gapirilgan boʻlsa-da, ammo Brexit referendumiga Rossiyaning aralashuvi boʻyicha hech qanday dalil yoʻq (siyosiy elitaning aksar qismi, deyarli butun boshli matbuot va Siti qarshi boʻlganida, (axir qanday qilib britaniyaliklar YEIni tark etish uchun ovoz bergani tushunarsiz edi-da). Ammo bu London nuqtai nazaridan olib qaralganda, albatta - agar Moskva koʻzi bilan qaraladigan boʻlsa, hisobot sensatsiondir. Chunki mualliflarning oʻzlari chiqargan xulosalar - Britaniya hukumati Kreml manfaatlari yoʻlida ishlashga tayyor ekanligining eng yaxshi dalilidir. Stil va Brauder (hisobotning yana bir hammuallifi) buni, ochigʻi, tushunib yetmaydilar, ammo "KGB merosxoʻrlari" oʻyinining mahorati ham aynan shunda-da. Keling, hammasini boshidan koʻrib chiqamiz.

Milliarder Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp: Brexit men va Putin uchun koni foyda

Garchi hisobot Rossiya tahdidiga javob izlashga bagʻishlangan boʻlsa-da, u birinchi navbatda ichki siyosiy oʻlchovga ega. Buyuk Britaniyaning muammolari juda koʻp va ulardan eng asosiysi - Shotlandiyaning Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqishini oldini olishdir. Glazgo Shotlandiya xalqi irodasiga qarshi chiqqan Brexitdan norozi (shimolda YEIda qolish uchun ovoz berilgan) va mustaqillik boʻyicha yana bir referendum oʻtkazishmoqchi. Oʻtgan gal, 2014 yilda, mustaqillik tarafdorlari yutqazib qoʻyishgan, ammo endi hammasi ular foydasiga oʻzgarishi mumkin (harholda, Shotlandiyada yashovchi YEI fuqarolari saylov huquqidan mahrum boʻlishlari ehtimoli mavjud). Lekin London referendumga ruxsat berishni xohlamaydi, ammo Glazgo buni talab qilmoqda va qandaydir bir vaqtda uni bir tomonlama tartibda eʼlon qilishi ham ehtimoldan holi emas.

Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yantszы - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
AQSH va Britaniya Xitoydan virus uchun "tovon" talab qilishga shaylanmoqda

Endi, ular fikricha, Shotlandiyadagi yangi referendumga qarshi boʻlganlarda jiddiy sabab paydo boʻlmoqda: uni oʻtkazish shunchaki xavfli! Axir Rossiya oʻtgan galgi referendumga aralashgan! Hisobotda shunday yozilgan, undan tashqari, Rossiyaning Shotlandiyadagi referendumga taʼsir koʻrsatishga urinishidan dalolat beruvchi "ochiq manbalardan olingan ishonchli sharh"lar haqida ham eslatma mavjud. Maʼlum boʻlishicha, bu umuman, "Sobiq ittifoqining Gʻarb demokratik jarayonlariga birinchi aralashuvi" boʻlgan. Vo ajab, bundan kelib chiqmoqdaki, Britaniyaning uquvsiz maxsus xizmatlari - Moskvaning Brexit referendumiga taʼsir koʻrsatishga urinishidek bir harakatini ogʻzini ochib, oʻtkazib yuborganlar. Ustiga ustak hukumat ham "Brexitni himoya qilish uchun hech qanday chora koʻrmadi". Hushyor amerikaliklar 2016-yilda AQShdagi prezidentlik saylovlariga ruslarning aralashishga uringanliklarini payqagandan keyingina britaniyaliklar oʻziga kelgan. Umuman olganda, hisobotda maxsus xizmatlar boʻyicha tanqidlar juda koʻp: ular bunday xavfli dushmanga qarshi turishga tayyormas.

Velikobritaniya vыshla iz YES - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Britaniya YEIdan chiqdi. Endi uni kechirishmaydi va qasos olishadi

Rossiya nima bilan tahdid qilmoqda? Va umuman unga Britaniya nima uchun kerak? Mualliflarning zorlanishlaricha, Moskva Londonni Gʻarbning Rossiyaga qarshi lobbisida markaziy oʻyinchi sifatida koʻradi va shu bois Birlashgan Qirollik "Gʻarbdagi razvedka faoliyati uchun asosiy nishonlardan biri boʻladi". Juda ajablanarli, haqiqatda - ruslar Britaniyaga nima sababdan shunday munosabatda? Balki bu oʻz tariximizni yaxshi yodda tutishimiz (aniqrogʻi, biz uni yanada chuqurroq anglayotganimiz) va unda biz soʻnggi bir necha asrlar davomida (ayniqsa XIX asr boshidan) Londonning mamlakatimizga qarshi doimiy strategik oʻyiniga guvoh boʻlayotganimizdandir? Turli xil daraja va oʻlchovlarda, turli shiorlar va sabablar ostida, aynan Britaniya rusofobiyaning barcha shakllari tashabbuskori va muallifi boʻlib kelgan. Bizning ichki ishimizga aralashuv (shu jumladan, siyosiy qotilliklar), Rossiya ichidagi tartibsizliklarni qoʻllab-quvvatlash va imperiyaning chekka joylarida (masalan, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda) urushlarni alanga oldirish, boshqa yirik derjavalarni bizga qarshi qayrash, qochqin fitnachilar va oʻgʻrilarni berkitish, yolgʻon va soxta targʻibot - Rossiya-Britaniya munosabatlarida bularning barchasi muntazam bor boʻlib kelgan. Tabiiyki, Rossiya Buyuk Britaniya u unga qanday munosabatda boʻlsa,  xuddi shunday munosabatda boʻladi, birgina farqi biz oʻz oldimizga dushmanni odamgarchilikdan chiqarish, uni yoʻq qilish maqsadini qoʻymaymiz. Britaniya biz uchun shunchaki dahshatli va doimiy dushman, u bilan sulh tuzish va hatto vaqtinchalik ittifoqchi boʻlish mumkin, ammo unga hech qachon ishonib boʻlmaydi.

Otdыxayuщiye fotografiruyutsya vozle zamka Lastochkino gnezdo na beregovoy skale v poselke Gaspra v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Britaniya jurnali Qrimni Rossiyaniki deb atadi

Shu bilan birga, Rossiya Buyuk Britaniyaning ichki ishlariga hech qachon aralashmagan, misol oʻtgan asrlarni olsak, imperator Pavelning Hindistonga yurish niyati niyatligicha qolgan (ammo bu inglizlarga Rossiya imperatoriga qarshi fitna va suiqasdda faol ishtirok etishga toʻsqinlik qilmadi). Shu bilan birga, Londonda Rossiyaga qarshi (tashqi va ichki foydalanish uchun) shu darajada koʻp soxtaliklar tayyorlandiki, hatto fosh etilganidan keyin ham ular Britaniyada mamlakatimizga boʻlgan munosabatning bir qismiligicha qolgan. Rus tahdidini ixtiro qilar ekan – hoh dunyo boʻylab, hoh oʻz davlati miqyosida, -  ingliz elitalari oʻz rusofobiyasi asiriga aylandi. Yaʼni, u endilikda atrofda sodir boʻlayotgan voqealarni adekvat qabul qila olmaydi - yoʻq joyda ham ularning koʻziga ruslar koʻrinaveradi. Natijada rus tahdidiga qarshi kurash butunlay aks tus olmoqda – ruslarga tahdid solayotgan narsalarga qarshi kurashga aylanmoqda.

Premyer-ministr Velikobritanii Tereza Mey na sammite glav gosudarstv i glav pravitelstv stran-uchastnits Severoatlanticheskogo alyansa (NATO) v novoy shtab-kvartire NATO v Bryussele. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibida qoladimi?

Paradoks deysizmi? Ammo razvedka qoʻmitasi hisobotida gap nima haqda bormoqda? Uchta asosiy rus xavfi mavjud, bu Britaniya uchun uchta asosiy chaqiriq demak.

Birinchisi - kiberhujumlar. Ham saylov jarayoniga, ham infratuzilmaga. Ikkinchisi - yolgʻon axborot. Oʻzlarining OAVlari, ijtimoiy tarmoqlar va botlar orqali, maʼlumotlarni oʻgʻirlash. Maqsadlar - saylovlarga aralashuv va shunchaki jamiyatni tarqoq holatga keltirish uchun amalga oshiriladigan ish (xuddi Amerikada singari, guvohsizku?). Uchinchi xavf esa - bu rus oligarxlari.

Bu eng qoʻrqinchli odamlar, kiberruslar va rus botlaridan farqli oʻlaroq, ular haqida britaniyaliklarning hammasi biladi: matbuotda oʻqishgan, seriallarda koʻrishgan. Bu xavfli odamlar Londonda qay tarzda paydo boʻlgan, qanday qilib uni Londongradga aylantirgan?

Novogodneye obraщeniye prezidenta RF V. Putina - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Britaniya matbuoti Putinning Yangi yildagi murojaatini "qoʻrs" deya baholadi

"Soʻnggi yillarda rus elitalari koʻplab davlatlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyganlar, ammo aynan Buyuk Britaniyani oligarxlar va ularning pullari uchun eng maqbul joy deb hisoblashganga oʻxshaydi. Pullar Britaniya isteblishmenti keng doirasida patron(homiy)-mijoz tarzida taʼsir va munosabatlar tarmogʻini yaratish uchun: xususan, PR-firmalar, xayriya tashkilotlari, siyosat, ilmiy soha va madaniy muassasalarda ishlatilgan. Ularning barchasi "(Rossiya) obroʻyini oqlash" jarayonida qatnashib Rossiya pullarini oluvchilar boʻlgan. Qisqa qilib xulosalaganda, Britaniyadagi Rossiya taʼsiri yangi meʼyor sanaladi. Putinga aloqador boʻlgan va Britaniya biznesiga integrallashgan, oliy jamiyatga kirib borgan va umuman, oʻzining boyligi tufayli qabul qilingan koʻplab ruslar bor".

Ular shunchaki qabul qilingan emas.

"Putin bilan yaqin aloqada boʻlgan Rossiya elitasining bir nechta aʼzolari bir vaqtning oʻzida Britaniyada xayriya va/yoki siyosiy tashkilotlar ishlarida qatnashgan shaxslar sifatida fosh qilindilar. Ular siyosiy partiyalarga badal kiritganlar va umuman, Rossiya taʼsiri operatsiyalarida yordam berishga imkon beradigan ijtimoiy mavqega ega. Taʼkidlash joizki, lordlar palatasining koʻplab aʼzolari Rossiya bilan bogʻliq biznes-manfaatlarga ega. Baʼzilari esa toʻgʻridan-toʻgʻri rus davlati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan Rossiyaning yirik kompaniyalariga ishlashadi. Bu kabi barcha aloqalar, Rossiya tomonidan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishi mumkinligi nuqtai-nazaridan sinchkovlik bilan aniqlanishi va oʻrganilishi kerak".

Zdaniye aeroporta Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Buyuk Britaniya, AQSH va BAAga parvozlarni cheklamoqda

Bu jarayon shu qadar chuqurlashib ketganki, "integratsiya darajasi, ayniqsa Londongradda, hukumatimizning har qanday choralari, endi afsuski, yovuzlikni bartaraf etolmasligini, oldini ololmasligini anglatadi. Ular zararni minimallashtirishi mumkin, xolos".

Endi nima qilsak ekan?

Chet el agentlari toʻgʻrisida qonun qabul qilish kerak (amerakadagi singari), yaqinda qabul qilingan jinoiy faoliyatga qarshi kurash choralarini kuchaytirish lozim, chunki ular ruslarga qarshi unchalik samara bermasligi mumkin. Masalan, hisobotda Jinoyatlarga qarshi kurash milliy agentlik tomonidan taklif etilgan uyushgan jinoyatchilik bilan aloqalarda gumon qilinganlarga sanktsiyalar qoʻllanilishini nazarda tutuvchi 2018 yilgi "Sanktsiyalar va mablagʻlarni legallashtirishga qarshi" Aktga qoʻshimchalar qoʻllab-quvvatlanadi.

 Gosudarstvennыy departament SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Rossiya bilan munosabatlarda siljishga erishish imkonsiz deb biladi

Yaʼni, barcha londongradchilarni siquvga olish kerak, axir ular Putin va banditlar, hatto, aniqrogʻi, bandit Putin bilan bogʻliq. Ammo gap kim haqida bormoqda?

Hisobotda hech qanday ism mavjud emas, ammo britan matbuotida xohlagancha topsa boʻladi. Taʼsir oʻtkazish va xayriyalar haqida gapirilganda odatda kimni misol sifatida keltiradilar?

"Lyubov Chernuxina, Putinning sobiq vaziri Aleksandr Temerkoning rafiqasi, Mudofaa vazirligining sobiq xodimi" - ular konservatorlarga xayriyalar berishgan, Kemeron, Mey, Jonsonlar bilan uchrashishgan. Ammo Chernuxin 2000 yillar boshida moliya vaziri oʻrinbosari boʻlgan, Kasyanov bilan ishlagan, keyin Londonga qochgan. YUKOSning sobiq vitse-prezidenti Temerko esa xalqaro qidiruvda: Rossiyada u talon-tarojlikda ayblanmoqda. Putinning kadrlari shularmi?

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Toliblar NYTʼning Rossiya bilan “til biriktirganlik” toʻgʻrisidagi aylovlariga javob qaytardi

Rossiya gʻaznasining bir emas, bir necha yuzlab oʻgʻrilari, xususan, eng yiriklari ham (Moskva bankining sobiq rahbari Andrey Borodinni eslash kifoya) Londonga qarab qochgan va ular oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun turli yoʻllarni izlayotgani tushunarli. Yaʼni, oddiy qilib aytganda, "Londondan chiqarilmaydi" degan iborani pul bilan mustahkamlab qoʻymoqchi. Londonda hozircha ikkita vatanga yashab kelayotgan koʻplab rus oligarxlari ham bor, ammo ularning juda oz qismini Rossiya manfaatlariga ishlashda gumon qilish mumkin.

Yaʼni, rus agentlariga qarshi ochgan oʻz urushida Britaniya hukumati aksariyat qismi Rossiya va Putinga qarshi boʻlgan rus-londonliklarga zarba berishga tayyor. Aftidan, shundayga oʻxshaydi, bunga hatto hisobotdagi "Britaniyada yashaydigan Vladimir Putinga qarshi boʻlgan rossiyalik muhojirlarni himoya qilish zarurligi" toʻgʻrisidagi chekinish ham toʻsqinlik qilolmaydi. Chunki modomiki rus oligarxlari - tahdid ekan, unda oʻrmonga oʻt ketsa, xoʻlu-quruq baravar yonadi.

AQSH suriyaliklarni “ochlikdan oʻldirish”ga uringani uchun Rossiya va Xitoyni jazolamoqchi  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH suriyaliklarni “ochlikdan oʻldirish”ga urinish uchun Rossiya va Xitoyni jazolamoqchi

Bundan kelib chiqadiki, doklad mualliflari londongradchilar bilan Rossiyaning oʻzi ancha vaqtdan koʻzlab yurgan ish: ularni mulkidan va taʼsirdan mahrum etishni - amalga oshirishni taklif qilmoqda. Britaniyaliklarning bu uchun motivi albatta, butunlay boshqaligi ayon, qolaversa, musodara qilingan pullar Rossiyaga qaytarilmaydi. Britaniya oʻziga ishon bildirgan boshqa davlatdan kelgan firibgarlar va boy qochqinlarni birinchi marta shilayotgani yoʻq, ammo bu tarzda Putinga ishlash uchun, albatta, juda qattiq harakat qilish talab etilardi. Chet eldan pullarni chiqaraman deb, keyin "chang yutib qiynalib ketasiz", deya ogohlantirgandi prezidentimiz qachonlardir, endi esa qochoqlarning pullarini kamiga ular uchun haqoratli boʻlgan "Putin agentlari" degan formulirovka bilan musodara qilishadi. Nozik ingliz hazili – alohida shinavandalar uchun.

Yangiliklar lentasi
0