FXX 22 nafar "O‘zbekiston islom harakati" vakillarini qo‘lga oldi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishSotrudniki FSB
Sotrudniki FSB - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yacheyka a’zolari teraktlarga da’vat qilib, yollash va jangovar zonalarga o‘tkazish, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirgan.

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. Kuch tuzilmalari Moskva, Novosibirsk va Krasnoyarskda ta’qiqlangan "O‘zbekiston islom harakati" terroristik uyushmasi yacheykalari ishtirokchilarini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB).

Chlen assotsiatsii gruppi antiterrora Alfa podpolkovnik zapasa Andrey Popov - Sputnik O‘zbekiston
Nega markaziy osiyoliklar terrorchilar hamtovoqlariga aylanadi - Popov sharhi

Yacheyka a’zolari teraktlarga da’vat qilib, yollash va jangovar zonalarga o‘tkazish, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirgan.

Qo‘lga olish vaqtida ulardan ta’qiqlangan diniy adabiyot, jangarilarning tashviqot videomateriallari, shuningdek, qalbaki pasportlar olib qo‘yilgan.

Tezkor qidiruv ishlari va tergov harakatlari davom etmoqda.

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda terrorchilik guruhi 25 a’zosining faoliyatiga nuqta qo‘yildi

Bu yoz oyi boshidan maxsus xizmatlar tomonidan oldi olingan yettinchi teraktdir. FXX bir kun oldin Kabardino-Balkariyada kuch tuzilmalariga amalga oshirilishi rejalashtirilgan hujumning oldini olgan edi.

Bir yarim oy davomida Xabarovsk o‘lkasi, Rostov viloyati, Astraxan, Vladikavkaz, Simferopol va Chuvashiyada jangarilar hujumlari oldi olindi. Yil boshidan 17ta terroristik akt rejasi barbod qilindi.

Iyun oyi o‘rtasida FXX direktori Aleksandr Bortnikov so‘nggi 10-yil ichida Rossiyada 160ta, 2019-yilda 43ta terakt bartaraf etilgani haqida bayonot bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0