Dunyoda

Kutilmagan hujum: Shimoliy Koreya xakerlari faollashdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka oʻtishXaker
Xaker - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shimoliy Koreyaning Lazarus xakerlik guruhi Rossiyada maqsadli hujumlarni amalga oshirishga urinmoqda. Guruh 2018 yildan beri qator hujumlarni amalga oshirdi.

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Shimoliy Koreyaning Lazarus xakerlik guruhi Rossiyada maqsadli hujumlarni amalga oshirishga urinmoqda, hujum qilish usullarini takomillashtirmoqda. Bu haqda “Kasperskiy laboratoriya”si ekspertlari maʼlum qildi.

Xakerы iz Fancy Bears opublikovali tretyu chast dannыx, poluchennыx posle vzloma bazы VADA - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Andijonlik xaker 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga mahkum etildi

Kompaniya mutaxassislari 2018 yil bahoridan boshlab Lazarus MATA (dasturiy taʼminot tizimining tuzilishini aniqlaydigan platforma) yordamida hujumlarni amalga oshirayotganligini aniqladi. Uning oʻziga xos xususiyati shundaki, u har qanday operatsion - Windows, Linux yoki macOS tizimda ishlaydigan qurilmani buzishi mumkin.

“Ushbu oyda Rossiyada Lazarus hujumlari Manuscrypt bekdoridan ishlatilganligi aniqlandi. Ushbu vosita boshqaruv serveri bilan ishlash va tarkibiy qismlarning ichki nomlanishida MATA bilan kesishgan nuqtalarga ega”, - deyilgan xabarda.

Polsha, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Hindistonda joylashgan tashkilotlar, shu jumladan dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi, savdo kompaniyasi va internet-provayderlar  zarar koʻrdi.

Mutaxassislar hujumlarni tahlil qilingach, Lazarus guruhi bundan keyin ham dunyo boʻylab maqsadli hujumlarni amalga oshirish va oʻz usullarini takomillashtirishni davom ettiradi degan xulosaga keldi.

Yangiliklar lentasi
0