Mirziyoyev karantin cheklovlari 1-avgustdan keyin uzaytirilishiga rozilik berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentning qayd etishicha, bugungi kunda eng muhim vazifa aholi o‘rtasida virus zanjirini uzish hisoblanadi.

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Meditsinskie rabotniki klinicheskoy bolnisi v palate s koronavirusnimi bolnimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 23-iyul asosiy xabarlari

Ayni daqiqalarda Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida pandemiyaga qarshi qanday kurash olib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Prezidentning qayd etishicha, bugungi kunda eng muhim vazifa aholi o‘rtasida virus zanjirini uzish hisoblanadi. Buning uchun karantin talablariga so‘zsiz amal qilish, ularning immunitetini mustahkamlash, sog‘ligini asrab-avaylash, har bir insonning hayoti uchun kurashish zarur.

Shu munosabat bilan, shuningdek, kasallik yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirildi.

Bunda "Pandemiyaga qarshi kurash – har birimizning vijdon ishimiz", "O‘zim, oilam, farzandlarim sog‘lig‘i uchun avvalo o‘zim javobgarman", degan fikrlarni xalqimiz ongiga chuqur singdirish va amaliy hayot mezoniga aylantirish lozimligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0