TOSHKENT, 23 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik koʻrsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Farmonni imzoladi.
Mukofotlar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab va sinovli kunlarda hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, infektsiya keng tarqalishining oldini olish, Oʻzbekistonda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan bir guruh oʻzbekistonliklarga topshirilgan.
Oʻoʻzining matonati, bilim va salohiyati, professional mahoratini namoyon etib, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, oʻz burchi va qasamyodiga sodiq qolib, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yoʻlidagi ulkan jasorati va fidoyiligi uchun ular faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanmoqda.
Jumladan, besh nafar tibbiyot xodimi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Bular:
Axunov Olimjon - Namangan viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriolog shifokori
Alimov Anvar Valiyevich - Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Barotova Vinera Djurayevna - Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori
Liverko Irina Vladimirovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Musabayev Erkin Isakovich - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan
Akilov Xabibulla Ataullayevich - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori
Atabekov Nurmat Satiniyazovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya inspektori
Djapparova Gulsim Tanirbergenovna - Konimex tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi infektsionist shifokori, Navoiy viloyati
Imamkulov Abdukayum Bazarovich - Jarqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimi infektsionist shifokori, Surxondaryo viloyati
Matnazarov Ismoil Saidovich - Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimi shifokori, Xorazm viloyati
Mengliyev Zulfitdin Davronovich - Romitan tumani markaziy shifoxonasining reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati
Mustafayev Xayrulla - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti bosh ilmiy xodimi
Novikova Natalya Borisovna - Mirobod tumani koʻp tarmoqli poliklinikasi infektsionisti, Toshkent shahri
Ruziyev Murot Samadovich - Gʻuzor tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi infektsionist shifokori, Qashqadaryo viloyati
Rustamova Dildora Abdumalikovna - Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi bosh shifokori
Tuychiyev Laziz Nadirovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori
Xudaynazarov Odilbay Abdinaimovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi shifokori
I darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Azimov Abduvaxid Vaxabjanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tibbiy taʼminot boshqarmasi boshligʻi
Almardanov Shuxrat Qudratovich - Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasining birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkillashtirish boshqarmasi boshligʻi
Asilova Muxayyo Ubayevna - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori
Axmedjanova Umida Nizamovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi katta shifokori
Gʻofurova Umida Raximovna - Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infektsionist shifokori
Dadabayev Fayzullojon Abdukaxarovich - Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokor-bakteriologi
Jumaniyazov Davronbek Xusainboyevich - Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi
Qodirova Saida Niyozovna - Buxoro viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya boʻlimi hamshirasi
Mirkasimova Xolida Xafizovna - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasi virusologiya boʻlimi boshligʻi
Muminov Solijon Djalilovich - Namangan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi
Parpiyeva Nargiza Nusratovna - Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Saydaliyev Saydimurat Saydiganiyevich - Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi direktori
Saidgaziyeva Xushnura Saidsaliyevna - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasining bolalar oʻtkir gepatit kasalliklari boʻlimi mudiri
Salixbayeva Umida Saidovna - “Dori-darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi
Sattarov Xasan Ilxamovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi kardioterapevtik reanimatsiyasi boʻlimi mudiri
Tadjibayev Gafurdjan Xodjibayevich - Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazining oʻlat, epidemiologiya va bakteriologiya laboratoriyasi shifokori
Xashimova Xilola Nazrullayevna - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasi infektsionist shifokori
Xusainov Baxtiyor Raxmatovich - Kitob tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokor-infektsionisti, Qashqadaryo viloyati
Sharipova Kalbike Jumagaliyevna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori
Yuldasheva Zaripa Mirmaxmudovna - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasi shifokor-laborantiga topshirilgan.
Mukofotlanganlarning toʻliq roʻyxati quyidagi havolada.