Dunyoda

Niqoblar tufayli insoniyat ekologik falokatga duch kelishi mumkin – Yaponiya OAV

© Sputnik / Kostis Ntantamis / Mediabankka oʻtishOslableniye karantinnogo rejima v Gretsii
Oslableniye karantinnogo rejima v Gretsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
COVID-19'dan himoyalanish maqsadida foydalaniladigan bir martalik niqoblar atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin.

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. COVID-19'dan himoyalanish maqsadida foydalaniladigan bir martalik niqoblar atrof-muhitga xavf solmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Kiodo agentligi turli davlatlardan ekologlar tomonidan yuborilgan maʼlumotlar asosida xabar tayyorladi.

AQSH San-Diyego plyajida ayol suratga tushmoqda. 04.07.20  - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oltin niqob, Afrika raqqosasi va gʻazabga toʻlgan buqa – hafta suratlari

Ekologlarning soʻzlariga koʻra, Yaponiya sohillari boʻylab suvga koʻplab niqoblar tashlanmoqda.

Turkiya va Yevropa mamlakatlarida atrof muhitga tashlanayotgan tibbiy chiqindilarning miqdori sezilarli darajada koʻpaydi. Frantsiyalik ekologlar yaqinda dengizda meduzalarga qaraganda, niqoblar koʻproq boʻlishidan qoʻrqishmoqda.

Niqoblar, lateks qoʻlqoplar va koronavirusdan himoyalanishning boshqa vositalari koʻpayishi dunyo okeanlarini yanada ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Agar hozir choralar koʻrilmasa, ekologlar ogohlantirishicha, insoniyat haqiqiy falokatga duch keladi.

Gonkongda joylashgan OceansAsia kompaniyasi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, niqoblar nafaqat qirgʻoq boʻylab tashlanmoqda, balki baliq ovlash toʻrlarida boshqa axlatlar bilan birga ushlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0