TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun, 23 iyul kuni "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida"gi farmonini imzoladi, deb xabar qildi huquqiy axborot rasmiy internet portali.
Unga koʻra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5 yil yashagan) 57 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Prezident farmoni bilan Oʻzbekiston hududida tugʻilgan 10 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi.
Shu bilan birga, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Moldaviya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Tojikiston, Ukraina, Avstriya, Vyetnam va Chernogoriyada tugʻilgan kishilar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.