Tanish-bilishlar shifokorlar ishiga xalal bermoqda – Samarqand SSB boshlig‘i

Obuna bo‘lish
Kasallik kechishi og‘irlashdi, aholi karantin choralariga e’tibor qilmay qo‘ydi, tanish-bilishlar shifokorlarga qo‘ng‘iroq qilib ishlashga xalal bermoqda - Samarqan SSB koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Kecha Samarqand viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan brifingda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozov Samarqandda koronavirusga qarshi kurash qanday olib borilayotgani haqida batafsil ma’lumot berdi.

Bosh shifokor aytishiga ko‘ra, bugungi kunda koronavirus kasalligi kechishi og‘irlashgan. Epidemiya boshida 70-75 % bemorlarda kasallik yengil yoki simptomsiz ko‘rinishda kechgan bo‘lsa, bugungi kunda kasallanganlarning 50 %da ikki tomonlama og‘ir pnevmoniya kuzatilmoqda. 

Ustiga ustak, epidemiya boshida aholi karantin qoidalariga jiddiy amal qilib, uyida qolgan bo‘lsa, hozir kasallik yanada og‘ir va xavfli ko‘rinishda kechayotgan vaqtda deyarli hech kim karantinga amal qilmay qo‘ygan, deydi shifokor. Shu sabab ham aniqlanayotgan kasallarning 100% jamoatchilik orasida. 

Erkinjon Turdimov - Sputnik O‘zbekiston
Vaziyatning eng yomoniga ham tayyor bo‘lishimiz kerak  - Erkinjon Turdimov

Yana bir muammo, koronavirus aniqlangan bemorning qarindoshlari tomonidan paydo bo‘lmoqda. Bemor kasalxonaga yotqizilishi bilan darrov unga ovqat, ichimliklar va dori-darmon olib kelish boshlanadi. Vaholanki ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshlarida ham virus mavjud bo‘lishi mumkin. Ular kasalxonaga yetib kelgunicha magazinda, taksida yana bir necha kishiga virus yuqtirishlari mumkin, deydi shifokor.

Kasalxonalarda bemorlar uchun kerakli bo‘lgan barcha dori darmon, yetarlicha ovqat va ichimliklar bor. Bemorlar SSV va JSST tomonidan tasdiqlangan reglament asosida davolanadi va ularga qo‘shimcha dori-darmon berishga ruxsat etilmaydi.

Shifokor aytishiga qaraganda, kasalxonalarga og‘ir ahvolda kelayotgan bemorlar orasida o‘z-o‘zini davolab, antibiotiklar ichib og‘ir ahvolga tushib qolganlar ham juda ko‘p. Antibiotik - koronaivirusni davolamaydi. Kasallik boshida antibiotik ichish - immunitet tushib ketishi va kasallik yanada og‘irlashishiga olib keladi. Tana haroratini pasaytiruvchi dorilarni ham temperatura 38 dan yuqori bo‘lganda ichish kerak, - deydi Jumaniyozov.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18,5 mingdan oshdi

Yana bir muammo bu – qo‘ng‘iroqlar. COVID-19 test javoblari har kuni bir vaqtda e’lon qilinadi. Odatda 40-50 kishidan iborat ro‘yxat tegishli tashkilotlarga tarqatiladi. Ana shundan keyin bemorning turli lavozimlarda ishlaydigan tanish bilishlaridan shifokorlarga qo‘ng‘iroqlar boshlanadi. Avval meni otamni, yo o‘g‘limni shifoxonaga yotqizasan, avval buni olib ketasan, avval buni joylashtirasan va hokazao mazmunlarida. Bunday qo‘ng‘iroqlar shifokorlar ishiga xalal beradi. Tez yordam mashinalari birinchi navbatda ahvoli og‘ir bemorlarni olib ketadi.

Viloyat bosh shifokori so‘ziga ko‘ra, viloyatda koronavirusga chalinganlar soni oshishiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgan. Samarqandda bugun turli mehmonxona va yotoqxonalarda 10 minggya yaqin zahira o‘rinlar tayyorlangan. Shifoxonalarda kasallar uchun jami 1590 o‘rin tayyorlab qo‘yilgan. IVL apparatlar va dori-darmonlar zahirasi ham bor va to‘ldirilmoqda.

Epidemiya boshidan buyon viloyatda 780 nafar bemor aniqlangan. Ulardan 641 nafari tuzalib ketgan va 94 nafari ayni damda shifoxonalarda davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0