Video

Gʻarb musulmon davlatlarini bir-biri bilan urishtirmoqchi - Lavrov

Gʻarb geosiyosiy ustuvorlikka erishish maqsadida islom mamlakatlari oʻrtasida sunʼiy qarama-qarshilikni vujudga keltirishga harakat qilmoqda - Lavrov.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eronlik hamkasbi Muhammad Javad Zarif bilan muzokaralari natijalari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida baʼzi Gʻarb davlatlari islom mamlakatlari oʻrtasida sunʼiy qarama-qarshilikni vujudga keltirishga harakat qilayotganini maʼlum qildi.

Lavrovning soʻzlariga koʻra, bu geosiyosiy ustuvorlikka erishish uchun qilinmoqda.

Shu bilan birga, Lavrov “Islom hamkorlik tashkiloti doirasida eʼlon qilingan tamoyillar hurmat qilinishi va amalga oshirilishi kerak”, deb taʼkidladi.

Zamestitel direktora Russkoy ekonomicheskoy shkolы Azerbaydjanskogo ekonomicheskogo universiteta (UNEC), doktor ekonomicheskix nauk, professor Elshad Mamedov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Mamedov musulmon davlatlari dollar qaramligidan qanday xalos boʻlishi haqida

Vazir, shuningdek, zamonning asosiy muammolari va barcha islom davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga islom dunyosining umumiy yondashuvlarini shakllantirish kerakligini taʼkidladi.

“Ostona jarayoni doirasida Rossiya, Eron va Turkiya bilan bir qatorda arab mamlakatlari ham, xususan Iordaniya va Iroq ishtirok etmoqda. Bu, musulmonlar foyda bilan oʻz saʼy-harakatlarini qay tarzda birlashtirishi mumkinligini koʻrsatadi”.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya birlashtiruvchi kun tartibini yaratishga har tomonlama hissa qoʻshishga intilmoqda.

“Barcha musulmonlar va barcha qiziqqan tashqi oʻyinchilarning saʼy-harakatlarining birlashishi nafaqat Suriya inqiroziga nisbatan talab etiladi, balki Yaman, Iroq, Liviya va albatta Yaqin Sharqdagi (Falastin-Isroil - tahr.) inqirozi hal qilinishida ham”,  - deya qoʻshimcha qildi Lavrov.

Tafsilotlarni videolavhada tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala