Koronavirus tufayli Qurbon hayiti namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi - Musulmonlar idorasi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve
Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurbon hayiti kuni mo‘min-musulmonlarga o‘z xonadonlarida quyosh terak bo‘yi ko‘tarilgandan keyin to‘rt rakatli nafl namozi o‘qishlari tavsiya etiladi.

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Butun dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham koronavirus kasalligi avj olayotgani munosabati bilan Qurbon hayiti namozini jamoat bo‘lib o‘qishning iloji yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi bayonotida aytildi.

Xodja Axrar Vali - Fundament pervoy v Tashkente sobornoy patnichnoy mecheti (Djuma-mechet) bil zalojen na samoy visokoy tochke shaxristana (sentra) drevnego Tashkenta v 819 godu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanadi - prezident qarori

"... 2020 yilgi Qurbon hayiti (Iydul adho) namozini pandemiya davrida jamoat bo‘lib o‘qish imkoniyati mavjud emasligi, mo‘min-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni soqit qiladi", - deyiladi bayonot matnida.

Bayon etilgan shar’iy dalil va hujjatlardan kelib chiqib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi karantin sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarini e’lon qiladi:

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini manbalari, Respublika maxsus komissiyasi xulosalari va tibbiyot mutaxassislari tavsiyalariga tayangan holda 2020-yilgi pandemiya sharoitida Qurbon hayiti – Iydul adha namozini o‘qish mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit bo‘lishini ma’lum qiladi.

Qurbon hayiti kuni mo‘min-musulmonlarga o‘z xonadonlarida quyosh terak bo‘yi ko‘tarilgandan keyin to‘rt rakatli nafl namozi o‘qishlari tavsiya etiladi.

Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi hayit namozini jamoat joylarda o‘qishni bekor qildi

Qurbon hayiti kuni imkoni bor musulmonlarga bomdod namozini o‘qib, keyin qurbonlik qilishlari tavsiya etiladi. Qurbonlik go‘shti uchga taqsimlanib, bir qismi – yaqin qarindoshlarga, yana bir qismi – kambag‘al va muhtojlarga tarqatish, qolganini – oila ahliga olib qolish mustahabdir. Hammasini faqirlarga bersa yoki oilada ko‘pchilik bo‘lsa, uyda qoldirsa ham bo‘ladi.

Bu yilgi Qurbon hayiti karantin sharoitida nishonlanayotgani inobatga olib, odamlar jamlanishiga sabab bo‘ladigan urf-odatlarni tashkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, ma’rakalarni o‘tkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanish so‘raladi.

Xonadonda, oila-a’zolari bilan birga Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilib, o‘tganlar ruhi poklariga baxshida etish tavsiya etiladi.

Kuni kecha O‘zbekistonda 31-iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi haqida prezident qarori ommaga e’lon qilingan edi. Hujjatda Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 25 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0