OAV: Xitoy diplomatlari Xyustondagi bosh konsullikni tark etdilar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Kitay
Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va Xitoy munosabatlarida so‘nggi vaqtlarda ziddiyat kuchaymoqda. Vashington va Pekinning o‘zaro iqtisodiy e’tirozlari bor.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Xitoy diplomatlari  amerika hukumati talabi bilan yopilgan Xyustondagi bosh konsullikni tark etishdi, deb xabar qilmoqda Houston Chronicle nashri. RIA Novosti xabari asosida.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShning Chendudagi bosh konsulligini yopishni talab qildi

Nashrning yozishicha, dipmissiya xodimlari binoni mahalliy vaqt bilan 16:00da (msk vaqti bilan 00:00) bo‘shatib berishlari kerak edi. Shu vaqtga yaqin politsiya bino yaqinidagi hududni yopgan, oradan bir muncha vaqt o‘tgach, bosh konsullik tomondan uchta furgon jo‘nab ketgan, ularning ikkitasi diplomatik raqamlarga ega bo‘lgan.

Soat taxminan 16:40larda binoga orqa eshikdan bir necha kishi kirgan, ular orasida, Houston Chronicle xabariga ko‘ra, Davlat departamenti vakili bo‘lgan.

Sal oldin Reyter agentligi, amerika amaldorlari ekanligi taxmin qilinayotgan odamlar bosh konsullikning orqa eshigini kuch bilan yopishga urinishgani haqida xabar bergan edi.

Ispitanie vaksini ot koronavirusa v RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy birgalikda koronavirusga qarshi vaksina sinovini o‘tkazishi mumkin

Yigirma ikkinchi iyul kuni Qo‘shma Shtatlar Xyustondagi Xitoy bosh konsulligini yopdi. AQShga ko‘ra, bu intellektual mulk va amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlari muhofazasini ta’minlash zarurati tufayli amalga oshirildi.

Pekin bu holatni siyosiy fitna deb atab, javoban "qat’iy qadamlar" bilan chora ko‘rishga va’da berdi.

Birinchi qadam Sichuan provinsiyasi Chendu shahridagi amerika bosh konsulligini yopish talabi bo‘ldi. Xitoy TIV yuzaga kelgan vaziyatda javobgarlik Vashington zimmasida ekanligini qayd etdi.

AQSh va Xitoy munosabatlarida so‘nggi vaqtlarda ziddiyat kuchaymoqda. Vashington va Pekinning o‘zaro iqtisodiy da’volari bor. Bundan tashqari, amerika administratsiyasi Xitoyni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida axborot berishda vijdonan yondashmaganlikda ayblamoqda, Pekin esa Vashingtonning uning ichki ishlariga, xususan, Gonkong bilan munosabatlariga  aralashuvidan norozi.

Yangiliklar lentasi
0