Oʻzbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanadi - prezident qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXodja Axrar Vali - Fundament pervoy v Tashkente sobornoy pyatnichnoy mecheti (Djuma-mechet) bыl zalojen na samoy vыsokoy tochke shaxristana (tsentra) drevnego Tashkenta v 819 godu
Xodja Axrar Vali - Fundament pervoy v Tashkente sobornoy pyatnichnoy mecheti (Djuma-mechet) bыl zalojen na samoy vыsokoy tochke shaxristana (tsentra) drevnego Tashkenta v 819 godu - Sputnik Oʻzbekiston
Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda 31 iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti qarorida aytilgan.

Prazdnovaniye Namaz xayit v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi hayit namozini jamoat joylarda oʻqishni bekor qildi

"Muborak Qurbon hayiti mohiyatida mujassam boʻlgan xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy anʼana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targʻib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida: Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31 iyul – juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020 yil 31 iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin", - deyiladi xabarda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala