Samarqand IIB piyonistalikka qarshi kurash oyiligi yakunlarini e’lon qildi

© Ilya VarlamovSotrudnik militsii v Uzbekistane
Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichkilikbozlikka qarshi kurash oyiligi davomida uchotda turuvchi 440 nafar piyonistalar, 25 nafar giyohvandlikka chalinganlar hamda 86 nafar ijtimoiy xavfli tashxisi qo‘yilgan fuqarolar ruhiy kasallar dispanserlariga majburiy davolanish uchun yotqizilgan

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Joriy yilning olti oyi davomida Samarqand viloyat hududi bo‘yicha mast holdagi shaxslar tomonidan 65 ta jinoyat sodir etilgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan oshgan.

Stend Uzbekistana na prodovolstvennoy vistavke Prodekspo-2020 - Sputnik O‘zbekiston
Alkogol savdosi litsenziyasi muddati cheklanmaydigan bo‘ldi - prezident farmoni

Bu illatga qarshi kurashish, ichkilik ta’sirida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar viloyatda "Ichkilikbozlikka qarshi kurashish oyligi" e’lon qilindi.

Oylik doirasida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlari bilan hamkorlikda alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosini aniqlash va bu ish bilan shug‘ullanuvchi "tadbirkor"larning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida maxsus reyd tadbirlari o‘tkazdi.

Reydlarda 59 ta alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanish holatlari aniqlandi, 767,9 litr spirtli ichimliklar musodara qilingan va huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Bundan tashqari, etil spirti, alkogolli mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish bo‘yicha 7 ta holat aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ichkilik oqibatida o‘gay o‘g‘il otasini pichoqladi

Shuningdek, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilgan 1393 nafar shaxslarga nisbatan 155 million 319 ming 500 so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanilgan.

Oylik davomida sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turuvchi 440 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar, 25 nafar giyohvandlikka chalinganlar hamda 86 nafar ijtimoiy xavfli tashxisi qo‘yilgan fuqarolar ruhiy kasallar dispanserlariga majburiy davolanish uchun yotqizilgan.

"Bu kabi chora-tadbirlar fuqarolarimizni ogohlikka chaqirish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va qotilliklarning oldini olishga qaratilgan", - deyiladi Samarqand viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xabarida.

Yangiliklar lentasi
0