Yangi tahrirdagi "Sudlar to‘g‘risida"gi qonun - qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani.
Molotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. "Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" prezident farmoni imzolandi.

O‘zbekistonda sud tizimi jiddiy isloh qilinadi – prezident farmoni

Unga ko‘ra, Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sudlov tarkibi tuziladi.

Sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada 20 million AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan yirik investorlar va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish vakolati berildi.

Bunda:

- investitsiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rilishi;

- qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston jinoyat sudlari birinchi yarim yillikda 13,9 mingta ishni ko‘rib chiqdi

2020 yil 1-noyabrga qadar yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:

- sudlarning tuzilishi, tuman (shahar), tumanlararo, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarning, O‘zbekiston Oliy sudining, O‘zbekiston Oliy sudi sudlov hay’atlarining, Rayosatining, Plenumining vakolatlari doirasi;

- sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar;

- sudyalar, sud raislari va rais o‘rinbosarlarini tayinlash (saylash) tartibi;

- sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish;

- sudyalarga nisbatan intizomiy ish faqat sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan qo‘zg‘atilishini nazarda tutgan holda, sudyalarning intizomiy javobgarligi, intizomiy ishni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi;

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda sudyalar obro‘sizlantirilishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi

- sudyalar vakolatlarini to‘xtatib turish, shuningdek, tugatish asoslari va tartibi;

- sudyalarning moddiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish choralari.

Farmonga ko‘ra, sud tizimida 2021-yil 1-yanvardan boshlab qator tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

- viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumurisdiksiya sudlarini tashkil etish;

- ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazish;

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Jarqo‘rg‘onda sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilishi senatorlik nazoratiga olindi

- ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari saqlab qolinishi;

- Amudaryo, Nurobod, Boysun va Pastdarg‘om tumanlari iqtisodiy sudlarini tugatish;

- fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudini, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut, So‘x, Xatirchi, Paxtakor tumanlari sudlarini, Pastdarg‘om tumanlararo iqtisodiy sudini, jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘zatov, Taxiatosh, Bandixon, Tuproqqal’a tumanlari sudlarini tashkil etish;

- Sudyalar oliy malaka hay’atining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hay’atlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqini berish.

Farmon bilan qonun loyihasini 2 oy muddatda Qonunchilik palatasiga kiritish belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0