Dunyoda

Qirgʻizistonda 30 iyul milliy motam kuni sifatida eʼlon qilinadi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy flag Kirgizskoy Respubliki
Gosudarstvennыy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik Oʻzbekiston
Sooronbay Jeenbekovning aytishicha, 31 iyul kuni Qirgʻiziston Qurbon hayitini keng nishonlaydi, 30 iyul kuni esa butun mamlakatda milliy motam kuni sifatida eʼlon qilinadi.

TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Qirgʻizistonda 30 iyul koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga milliy motam kuni sifatida eʼlon qilinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov maʼlum qilgan. Sputnik Qirgʻiziston xabari asosida.

Generalnыy sekretar Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
SHHT Bosh kotibi koronavirus takroran tarqalishi xavfi haqida bayonot qildi

Davlat rahbari ayrim mamlakatlarda kasallik tufayli vafot etgan yurtdoshlar xotirasiga Milliy motam kuni eʼlon qilinganligini eslatib oʻtgan.

"Ha, men bu haqda oʻylagan edim. Muddatidan oldin gapirishni istamagandim, ammo shu haqda gap borar ekan, maʼlumot berishni zarurat deb bildim. 31 iyul kuni biz Qurbon hayitini nishonlaymiz, 30 iyul kuni esa butun mamlakatda milliy motam kuni eʼlon qilinadi. Tegishli qaror chiqariladi", — dedi Jeenbekov.

Prazdnovaniye Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus tufayli Qurbon hayiti namozi jamoat boʻlib oʻqilmaydi - Musulmonlar idorasi

Davlat rahbari yaqinlarini yoʻqotgan yurtdoshlarga sabr tilagan.

Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, pandemiya davrida mamlakatda 1 249 kishi koronavirus infektsiyasi qurboniga aylangan.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyo mintaqasida bunga qadar 13 iyulda Qozogʻistonda milliy motam kuni eʼlon qilingan edi.

Bugunga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar Qozogʻistonda 80 226 nafarni, Qirgʻizistonda 31 247 nafarni, Tojikistonda - 7 104 nafarni, Oʻzbekistonda 19 653 nafarni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala