O‘zbekiston avgust oyining boshida 8ta shahardan talabalarni qaytaradi

© UzAOkolo 200 studentov vernulis v Uzbekistan iz Rossii
Okolo 200 studentov vernulis v Uzbekistan iz Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga ko‘ra avgust oyining boshida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali o‘zbekistonlik talabalar olib kelinadi

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Transport vazirligi xorijdagi talabalarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talabalar olib kelindi

Koronavirus pandemiyasi tufayli xorijiy davlatlar o‘rtasida transport qatnovlariga nisbatan qo‘yilgan cheklov choralari sabab chet davlatlar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk, Istanbul kabi shaharlardan talabalar qaytarildi.

Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga binoan avgust oyining birinchi birinchi o‘n kunligida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali o‘zbekistonlik talabalarni olib kelish ishlari tashkil etiladi.

Hozirda shu borada xorijiy davlatlar aviatsiya ma’muriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0