O‘zbekistonda karantin 15-avgustga qadar uzaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVnimanie, karantin
Vnimanie, karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15-avgustiga qadar uzaytirishga qaror qilindi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15-avgustiga qadar uzaytirildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilindi.

Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qat’iy etibor qaratish belgilandi:

Davlat organlari va tashkilotlariga:

- xodimlarini xatlovdan o‘tkazgan holda, ish joyiga faqatgina zarur bo‘lgan mutaxassislarni bevosita jalb etishga ruxsat berilganini inobatga olib, qolgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarishni yoxud masofadan turib (onlayn) ishlashini tashkil etishga to‘liq rioya etilishini ta’minlash;

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev karantin cheklovlari 1-avgustdan keyin uzaytirilishiga rozilik berdi

- xodimlarini vaqtinchalik xizmat safariga yuborishni to‘xtatish;

- yig‘ilishlarni faqatgina onlayn tarzida tashkil etish;

- xodimlar orasida koronavirus bilan kasallanganlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan xabar olish, davolanish maqsadida zarur dori vositalari va buyumlarni xarid qilish uchun xodimning sharoitini inobatga olgan holda, moddiy yordam ajratish;

Fuqarolarga:

- to‘y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazmaslik;

- jamoat joylarida, ko‘cha, maydon va mahallalarda uch kishidan ortiq to‘planmaslik, qat’iy ijtimoiy masofani saqlash (2 metr), tibbiy niqoblar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

- yoshi katta va muayan turdagi kasalligi (qandli diabet, metobolik sindromlari, autoimun kasalliklari, qon, yurak, tomir kasalliklari, onkologik kasalliklar va mavjud fuqarolarga koronavirus kasalligi kuchli ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, 65 yoshdan oshgan fuqarolarni “o‘zini o‘zi yakkalash” hayot tarziga qat’iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.

Yangiliklar lentasi
0