Aziz Abduhakimov karantin nega uzaytirilganini tushuntirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAziz Abduxakimov
Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari suhbat davomida ota-onasi bozorda tasodifiy tarzda koronavirusni yuqtirib olishgani va hozir davolanishayotgani ma’lum qildi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov karantin muddati nima sababdan uzaytirilayotgani borasida tushuntirish berdi.

Aziz Abduhakimov bu kim uchundir noqulaylik hosil qilish uchun qilingan qaror emas, balki juda zarur ekanini ta’kidladi.

“Ko‘rib turibmizki, koronavirus infeksiyasi barcha hududlarda tarqalmoqda. Shu munosabat bilan respublika komissiyasi tomonidan 15-avgustga qadar karantinni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bu majbur bo‘lingan zaruriyat. Amaldagi cheklovlar choralari 15-avgustgacha saqlanib qolinadi”, - dedi u.

Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, faqat karantingina kasallik tarqalishi zanjirini uzishga yordam beradi. Tibbiyot xodimlari ham imkon qadar harakat qilayotganini qayd etdi.

“Biz infeksiyani bartaraf etdik deya olmaymiz. Afsuski, bu imkonsiz. Dunyoda biror bir davlat buning uddasidan chiqmadi. Dunyodagi hech bir mamlakat bir vaqtning o‘zida barcha kasallanganlarni tibbiy yordam bilan ta’minlay olmadi. Biz karantinni uzaytirishimiz zarur”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir hammaga og‘ir bo‘lmoqda, ko‘pchilik daromad manbaidan mahrum bo‘lgan.

“Maxsus komissiya bunday odamlar haqida ham o‘ylamoqda. Ularga karantin cheklovlari davrida zaruriy oziq-ovqatlar yetkazib beriladi”, - dedi Abduhakimov.

Shuningdek, u suhbat davomida ota-onasi bozorda tasodifiy tarzda koronavirusni yuqtirib olishgani va hozir davolanishayotgani ma’lum qildi. Bundan tashqari, o‘tgan hafta o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan ikki nafar insonni yo‘qotgan.

O‘zbekistonda 20 391 ta koronavirus holati aniqlangan. 11 004 kishi kasallikni yenggan. Virus qurbonlari soni 114 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0