Analitika

Shakar bozoriga qiyin boʻldi: MDH koronavirus inqirozini qanday yengmoqda

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSaxar.
Saxar. - Sputnik Oʻzbekiston
Ogʻir iqtisodiy vaziyatga qaramay, Belarus, Qozogʻiston va Rossiya ishlab chiqarish hajmlarini oshirdi, Oʻzbekistonga esa hukumatning inqirozga qarshi choralari majmuasi yordam berdi, deb hisoblaydi Yevroosiyo shakar uyushmasi.

TOSHKENT, 26 iyul - Sputnik, Danara Kurmanova. Hamdoʻstlik mamlakatlari sanoat ekspertlari “MDH mamlakatlari shakar bozori-2020” konferentsiyasida tarkibida shakar boʻlgan mahsulotlarni isteʼmoliga koronavirusning taʼsirini  muhokama qilishdi. Tadbir 22 iyul kuni onlayn rejimida boʻlib oʻtdi. Sputnik shakar ishlab chiqarishi neftga bogʻliqligini va 2021 yilda MDH qandolat fabrikalari oldida qanday qiyinchiliklar turganini oʻrgandi.

Shakar bilan neft

Joriy yil deyarli barcha ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qiyin boʻldi, shakar bozori ham bundan mustasno emas. Maʼlum boʻlishicha, shakar sanoati neft sanoati bilan chambarchas bogʻliq, chunki shakar qamish nafaqat oziq-ovqat sanoatida qoʻllaniladi. Bundan tashqari, u suyuq yoqilgʻining turlaridan biri - bioetanol ishlab chiqarishida qoʻllaniladi.

Saxar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shakar ochiq savdoga chiqarildi - Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli neft narxlarining qulashi, davlatlar oʻrtasidagi aviatashuvlarning yopilishi va jamoat transportidagi uzilishlar yoqilgʻi ishlab chiqarishning pasayishiga olib keldi. Shunga muvofiq, jahon shakar bozorida qamish sanoat hajmlarida sotib olishning pasayishi kuzatilmoqda.

Biroq, transport vositalarining harakatlanishidagi cheklovlar MDHda ishlab chiqariladigan lavlagi shakarining sotilishiga ham taʼsir koʻrsatdi. 2020 yil bahorida Hamdoʻstlik mamlakatlariga shakar mahsulotlarini yetkazib berishda kechikishlar vujudga keldi.

Shakar zavodlari ham muammolarga duch kelishdi. Yevroosiyo shakar uyushmasi ijrochi direktori Andrey Bodinning soʻzlariga koʻra, shakar sanoatidagi mavsum avgustdan iyulgacha davom etadi. Shu sababli, yozda MDHning shakar zavodlariga odatda xorijiy mutaxassislar tashrif buyurishadi - ular uskunalarni sozlashni amalga oshiradilar. Bu yil chegaralar yopilganligi sababli ularning tashrifini tashkil qilish imkoni boʻlmadi.

Pandemiya taʼsiri: kamroq qahva, koʻproq pechenyelar

Koronavirus shakarning individual isteʼmolini oʻzgartirdi. Xalqaro shakar tashkilotining iqtisodchisi Kirill Matrenichev shunday xulosaga keldi. Agar pandemiyagacha odamlar tarkibida shakar bor mahsulotlarni asosan jamoat joylarida sotib olishgan boʻlsa, qahvaxonalar va restoranlarning yopilishidan keyin qahva va shirinlikka talab keskin pasaydi.

“Biz ulgurji savdo tarmogʻida shakar savdosi darajasi pasayishini kuzatmoqdamiz. Shu sababli ishlab chiqarish mavsumi boshlanishiga shakarning zaxiralari eng yuqori tarixiy darajada”, - deb qoʻshimcha qildi Andrey Bodin.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan mavsumga nisbatan MDH mamlakatlarida shakar zaxirasi 18 foizga oshdi. Shu bilan birga, Kirill Matrenichev taʼkidlashicha, tarkibida shakar bor mahsulotlarning barcha segmentlari salbiy dinamikani koʻrsatmoqda. Oʻz-oʻzini yakkalash rejimi pechenye savdosining koʻpayishiga olib keldi.

“Odamlar shunchaki zerikkanidan yeb, koʻproq pishiriq sotib olishmoqda, - deb hisoblaydi u. - Karantin shirinliklarning ayrim turlarini isteʼmoli koʻpayishiga sabab boʻldi”.

Narxlar avvalgiday qolmoqda

Hamdoʻstlikning koʻplab mamlakatlarida mahalliy hukumatlarning choralari koronavirus inqirozining oqibatlarini yengishda yordam bermoqda, deb hisoblaydi Andrey Bodin.

“MDH mamlakatlari ichki bozorni milliy darajada tartibga solishga harakat qilmoqdalar. Masalan, Oʻzbekiston hukumati yanvar oyida oq shakar importiga aktsiz soligʻini joriy qildi, ammo uni pandemiya davrida iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar doirasida joriy yilning aprelidan 31 dekabrigacha bekor qildi”, - dedi u.

Shu bilan birga, Belarus va Qirgʻiziston ichki bozorda shakarning minimal sotish narxlarni belgilab qoʻydilar. Tojikiston davlat zaxirasiga 50 ming tonna shakar sotib olish uchun QQS stavkasini nolgaga tushirib qoʻydi. Qozogʻiston esa 2020 yil 1 oktyabrgacha ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan shakar) uchun QQSni 12% dan 8% gacha tushirilishini eʼlon qildi.

Oʻz navbatida Rossiya shakar narxlarini ushlab turishga harakat qilmoqda, dedi Bodin.

“2019/2020 yil mavsumida Rossiya narxlari dunyo boʻyicha eng past darajada boʻldi, bu esa MDH mamlakatlaridagi narxlar dinamikasini belgiladi. Shuningdek, shu yilning aprel oyida Rossiya hukumati shakarni YEOII tashqarisiga eksport qilish boʻyicha shartnomalar tuzishga ruxsat berdi”, - deya tushuntirdi u.

V tsexe rasfasovki saxara - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiyada daromad kamligi tufayli bir necha shakar zavodlari yopildi

Inqiroz davrida eksportning oʻsishi

Natijada, 2019/2020 yilgi mavsumda MDHda lavlagi shakar ishlab chiqarish 1,4 million tonnaga koʻpaydi. Hamdoʻstlik mamlakatlari orasida Rossiya, Qozogʻiston va Belarus yetakchilik qilmoqda. Andrey Bodinning taʼkidlashicha, RF rejalashtirilgan hajmlarni oshirib, 7,7 million tonna shakar ishlab chiqardi. Davlat koʻmagi tufayli Qozogʻiston ham oʻz ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini 50 ming tonnagacha yetkazdi. Belarusda esa ishlab chiqarishning umumiy hajmi 600 ming tonnadan oshdi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ortiqcha shakar tufayli yangi mavsumda uning ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin. Ammo MDHdan tashqariga eksport koʻpayadi. Moldova 5 ming tonna shakarni chet elga eksport qildi, Ozarbayjon 2018 yildan boshlab eksport hajmini 10 mingdan dan 15 ming tonnagacha oshirdi. Belarusda eksport hajmi 20 ming tonna shakarni tashkil etdi.

“Hatto 20 yil oldin ham MDH mamlakatlari importga qaram boʻlgan”, - dedi Andrey Bodin. “Ammo investitsiyalar, ilm-fan, yerni oʻzlashtirish tufayli bir qator davlatlar istiqbollari vujudga kelmoqda. Hatto Armaniston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston ham shakarni oʻzlari ishlab chiqarmaydilar-da, xom shakarni qayta ishlab, importni pasaytirishmoqda”.

Bodinning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston shakar bozorining jiddiy ishtirokchisiga aylanmoqda. 2020 yil boshiga kelib, respublika yiliga 650 ming tonna shakarga teng ichki isteʼmolini toʻliq taʼminladi.

Prognozlar ijobiy

Yangi mavsumda shakar sanoati ekspertlari ishlab chiqarish hajmining 23 foizgacha pasayishini bashorat qilishmoqda, bunda Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya va Turkmanistonda eng katta pasayish kutilmoqda. Bundan tashqari, konferentsiya ishtirokchilari Rossiyadagi toʻrtta shakar zavodi yopilishini taxmin qilishmoqda. Shuningdek, Oʻzbekistonda ikkita va Moldova va Qirgʻizistonda bittadan zavod vaqtincha toʻhtatib turiladi.

Saxar - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekistonga shakar yetkazib berish uchun kvota soʻradi

Ammo korxonalar faoliyati vaqtincha toʻhtatilishi halokatli muammo emas, deydi Andrey Bodin.

“Barchasi talabga bogʻliq, - deydi u. - Shakar isteʼmoli endilikda normal darajaga qaytmoqda, zamonaviy uskunalar esa zavodlarni vaqtincha yopib turishga imkon beradi. Ayrim davlatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, fabrikalar ikki yil muddatga ham yopilgan va undan keyin ular yana normal ishlay boshlaganlar”.

Qandolat mahsulotlari eksportining oʻsish surʼatlari ham pasayadi, deydi “Obʼyedinennыe konditerы” xoldingi direktorlar kengashi raisi Sergey Nosenko.

“Biroq, Rossiya jahon qandolatchilik bozorining 2,9 foizini egallagan va dunyoda sakkizinchi oʻrinda”, - deya tushuntiradi u.

YEOII aʼzolari oʻrtasidagi umumiy savdo hajmi ham yaxshi koʻrsatkichlarni namoyish etmoqda – u 2019/2020 mavsumida (iyuldan avgustgacha) 329,7 ming tonna qandolat mahsulotlari tashkil etdi. Ulardan 230 ming tonnani Rossiya, 44 ming tonnani Belarus eksport qilgan. Qozogʻiston eksport hajmi boʻyicha uchinchi oʻrinni egalladi (40 ming tonna qandolat mahsulotlari). Roʻyxat oxirida ikki ming tonnadan koʻproq eksport qilgan Qirgʻiziston va 1,7 ming tonna shirinlik eksport qilgan Armaniston.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala