Anqara va Nyu-Yorkdan o‘zbekistonliklarni olish kelish uchun yana ikkita reys – jadval

© SputnikV Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy perviy pramoy reys iz SShA
V Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy perviy pramoy reys iz SShA  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aviachiptalarni aviakompaniya filialining Markaziy sotuvlar ofisida Uzbekistan Airways Sales jonli navbat tartibida xarid qilish mumkin.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Uzbekistan Airways o‘zbekistonliklarni Anqara va Nyu-Yorkdan olib kelish uchun ikkita qo‘shimcha reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Toshkent – Anqara – Toshkent reysi 29-iyul kuni (chorshanba) amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali:

Toshkent-Anqara

Parvoz vaqti soat 10:30 da, kelib qo‘nish vaqti 13:00 da (mahalliy vaqt)

Anqara-Toshkent

Parvoz vaqti soat 16:00 da, kelib qo‘nish vaqti 22:30 da (mahalliy vaqt)

Toshkent – Nyu-York – Toshkent reysi 30-iyul kuni (payshanba) amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali:

Toshkent – Nyu-York

Parvoz vaqti soat 06:45 da, kelib qo‘nish vaqti 11:00 da (mahalliy vaqt)

Nyu-York – Toshkent 

Parvoz vaqti soat 13:00 da, kelib qo‘nish vaqti 11:00+1 da (mahalliy vaqt)

Aviachiptalarni aviakompaniya filialining Markaziy sotuvlar ofisida Uzbekistan Airways Sales jonli navbat tartibida, yo‘lovchining shaxsan o‘zi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin: O‘zbekiston fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos; xorijiy fuqarolar uchun – passport.

Kompaniya aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirishda o‘z xizmatlarini ishonarli tarzda taklif etadigan shubhali shaxslardan yordam so‘ramaslikni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0