Video

Atom suv osti kemalari, desant va aviatsiya: Rossiyada Harbiy-dengiz floti kuni nishonlandi

Rossiyada Harbiy dengiz floti kuni nishonlandi. 26 iyul kuni bayram paradlari butun mamlakat boʻylab - Kamchatkadan Boltiq dengizigacha oʻtkazildi.

Anʼanaga koʻra, bayram Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vladivostokda nishonlandi, unda Tinch okean floti kemalari va harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.

Asosiy parad Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtdi, u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tabrik nutqi bilan soʻzga chiqdi.

Finlyandiya koʻrfazi boʻylab 40 dan ortiq kemalar suzib oʻtdi, ular orasida rekonstruktsiya qilingan "Poltava" harbiy kemasi ham bor, shundan soʻng paradning aviatsiya qismi boʻlib oʻtdi. Shimoliy poytaxt ustidan 40 tadan ortiq samolyot parvoz qildi va Su-25 osmonni Rossiya bayrogʻi ranglariga boʻyadi.

Dengiz paradlari Sevastopol, Baltiysk va Severomorsk shaharlarida, shuningdek, Kaspiy flotilasi joylashgan Dogʻistonning Kaspiysk shahrida birinchi marta boʻlib oʻtdi. Suriyada Rossiya harbiy xizmatchilari ham oʻzlarining kasb bayramlarini nishonladilar: Tartus portida parad oʻtkazildi.

Harbiy-dengiz floti kunining eng yorqin lahzalari - videomizda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala