Dunyoda

Ikki mushuk choʻloq itni yoʻldan oʻtkazib qoʻydi – internet foydalanuvchilari hayratda

© REUTERS / Pascal RossignolDomashnyaya koshka smotrit v okno na ulichnuyu koshku
Domashnyaya koshka smotrit v okno na ulichnuyu koshku - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ijtimoiy tarmoqda ikki mushuk jarohatlangan itga yoʻldan oʻtishiga yordam bergani aks etgan video tez suratlarda tarqalmoqda.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda ikki mushuk jarohatlangan itga yoʻldan oʻtishiga yordam bergani aks etgan video tarqalmoqda.

"Moskovskiy komsomolets" yozishicha, bu holat Krasnodar oʻlkasi trassasida kechasi sodir boʻldi.

Mash Telegram-kanalda joylashtirilgan videoda haydovchi yoʻlda qandaydir hayvonlarni koʻrib qoladi va darhol avtomobilni toʻxtatadi.

Mashina ularga yaqinlashganda, hammasi ayon boʻldi – ikki mushuk choʻloq itga yoʻldan oʻtishiga yordam bergan ekan.

“Butun boshli delegatsiya ekan... qarang, uni qoʻriqlashmoqda! U ehtimol nogiron boʻlsa kerak”, - deydi haydovchi kadr ortidan.

Video internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi. Koʻpchilik “bu it va mushuk oʻrtasida oʻzaro yordam boʻlsa kerak”, degan izoh yozishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0